noxushliklar oldini oladi
O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo’yicha Hukumat komissiyasi raisining 2023-yil 12-noyabrdagi 86-son bayoni hamda Samarqand viloyati hokimining 2023-yil 15-noyabr kunidagi 278-7-0-F/23 sonli farmoyishi asosida Bulung’ur tuman hokimining 2023-yil 17-noyabrdagi 281-7-93-F/23 sonli farmoyishi qabul qilinib, tumanda 2023-yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha “Yong’in xavfsizligi oyligi” o’tqazilmoqda.
Tuman aholi punktlari va xalq xo’jaligi maskanlarida yong’in xavfsizligi chora-tadbirlarini kuchaytirish to’g’risidagi farmoyishiga asosan 2023-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar “YONG’IN XAVFSIZLIGI OYLIGI” ni o’tkazilishi korxona, tashkilot, muassasalarda hamda fuqarolar tomonidan yong’in xavfsizligi qoidalariga e’tiborli bo’lishiga, turar joylarda yong’in sodir bo’lishining oldini olish borasida keng qamrovli profilaktik ishlar olib borilishiga undaydi.
Hozirgi kunda Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari o’zlariga biriktirilgan xalq xo’jaligi jabhalarining, fuqarolar turar joylarining yong’inga qarshi holatini tekshirib, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etishda mahalla faollari bilan hamkorlikda amaliy yordam ko’rsatib, qoidabuzarlarni mahalla yig’inlarida muhokama etib, tegishli choralar ko’rmoqdalar.
Tumanning mutassaddi xizmatlari gaz ta’minoti idorasi, elektr ta’minoti idorasi, mahalla oqsoqollari va tuman IIB profilaktika inspektorlari bilan xamkorlikda keng qamrovli reydlar tashkil etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko’rilmoqda.
Olib borilgan keng ko’lamdagi ishlarga qaramasdan joriy yilda tumanimiz aholisi turar joylarida 10 oy davomida 39 ta yong’inlar sodir bo’lgan.
Hurmatli fuqarolar, mana shunday ko’ngilsiz, noxush va fojiaviy hodisalarning oldini olishda nimalarga e’tiborimizni qaratishimiz lozim:
- elektr qurilmalaridan foydalanishda texnik va yong’in xavfsizligi qoidalariga to’liq rioya qilish, ya’ni nosoz elektr asboblaridan, qo’lbola elektr isitish uskunalaridan, yaroqsiz elektr simlaridan foydalanmaslik;
- gaz qurilmalaridan foydalanishda tabiiy gazni rezina shlang orqali isitish pech va kamforkalarga ulamaslik, gaz yo’lini o’zboshimchalik bilan ulab tortmaslik, gaz pechi va kamforkalarni bolalarga ishonib yoqtirmaslik va nazoratsiz yoqib qoldirmaslik, xonada gaz hidi sezilsa elektr chirog’ini, gugurtni yoqmasdan, darhol xonani shamollatib, “104” telefoni orqali gaz avariya xizmatiga murojaat etish;
- kuz-qish mavsumi oldidan isitish pech mo’rilarini qurumlardan tozalab, mo’rini yog’och konstruksiyasidan 38 sm. dan kam bo’lmagan masofada o’rnatishni, pechlarni tez yonuvchi eshik deraza va ko’rpa to’shaklarga yaqin o’rnatmaslik tavsiya etiladi.
Shuningdek:
- chordoq ostiga tez yonuvchi xas-xashaklarni bosmaslik va doimo toza saqlashni.
- maishiy gaz ballonlardan foydalanishda yong’in xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda foydalanishni;
- tez alanga oluvchi benzin, kerosin va solyarkalarni temir idishda ko’p bo’lmagan miqdorda (20 l. gacha), og’zi berk holda, xavfsiz joyga saqlashlik tavfsiya etiladi.
Yong’in chiqishi katta talofat, qurilish va binolarni bir pasda kulga aylantirishi, ba’zi hollarda esa insonlarning hayotiga zomin bo’lishi mumkin.
Afsuski, yong’in xavfsizligiga munosabat hamma joylarda bir xil emas. Hamon joylarda ayrim xo’jalik va tashkilotlarda yong’inlarning kelib chiqishiga sabab bo’luvchi omillar uchrab turibdi.
Olovga nisbatan jiddiy munosabatda bo’lib, undan foydali maqsadda foydalanilish va me’yor talablariga amal qilib, e’tiborli bo’lsak yong’in kelib chiqishini oldini olgan bo’lamiz.
Hurmatli tumanimiz fuqarolari, “Yong’in xavfsizligi oyligi”da faol qatnashaylik.

Dilmurod DJABBAROV,
tuman FVB boshlig’i, kapitan.
tuman FVB boshlig’i, kapitan.