Nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi.Nikoh yoshi erkaklar uchun 18 yosh va ayollar uchun ham 18 yosh belgilangandir. Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning FHDYO organlariga ariza berganlaridan so’ng bir oy o’tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. Uzrli sabablar bo’lganida nikoh muddati qisqartirilishi va bir oy muddat o’tguncha qayd qilinishi mumkin. Alohida hollarda, kelinning homiladorligi, bola tug’ilishi, bir tarafning kasalligi va boshqalarda nikoh ariza berilgan kuni tuzilishi mumkin. Uzrli sabablar bo’lganda, nikohga kiruvchilarning istagiga ko’ra, nikoh davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan joydagi tuman, shahar hokimining qarori bilan nikoh yoshini ko’pi bilan bir yilga kamaytirish mumkin.
Hozirgi kunda xalqimiz orasiga nikoh shartnomasi degan tushuncha kirib kelmoqda. Bo’lg’usi er-xotinlarning umumiy mulkdagi, nikohlanuvchi shaxslarning, er va xotinning nikohda bo’lgan davrida va er-xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi.
Nikoh shartnomasi nikoh davlat ro’yxatiga olinguniga qadar, shuningdek, nikoh davrida ham tuzilishi mumkin.
Nikoh davlat ro’yxatiga olingunga qadar tuzilgan nikoh shartnomasi nikoh davlat ro’yxatiga olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Nikoh shartnomasi yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. Ammo, shartnoma tuzish vaqtida amaldagi qonun tomonidan o’rnatilgan talablarning bajarilishi lozim bo’lgan qoidalarga rioya qilish kerak bo’ladi. Nikoh shartnomasini tuzish itiyorier-xotinning o’ziga tegishlidir. Agar nikoh shartnomasini tuzmasalar, ularning mulkiy-huquqiy munosabatlari qonuniy tartibda belgilangan huquqiy normalar bilan tartibga solinadi.
Nikoh shartnomasini tuzishda, agar er-xotin muomala layoqatiga ega bo’lmasa, u holda nikoh shartnomasini uning nomidan homiysi tuzadi. FKning 31-moddasiga binoan fuqaroning muomala layoqati cheklanishinikoh shartnomasini tuzishga ta’sir ko’rsatadi.
Chunki, muomala layoqati cheklangan shaxs faqat mayda maishiy bitimlarni tuzish huquqiga ega.
Er va xotin nikoh shartnomasida o’zaro moddiy ta’minot berish, oila xarajatlarini ko’tarish, bir-birining daromadida ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan mulkiy shartnomalar tuzish, birgalikda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish bo’yicha o’z huquq va majburiyatlarini, nikohdan ajralganda er va xotindan har biriga beriladigan mulkni, shuningdek, nikoh shartnomasiga ko’ra er va xotinning mulkiy munosabatlariga oid boshqa qoidalarni kiritishga haqli.

Marhabo ULUG’BEKOVA,
tuman FHDYO bo’limi 1-toifali inspektori.