“Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb nomlanuvchi 2-boʻlimda yoshlarning huquq va erkinliklari, burchlari hamda konstitutsion kafolatlari toʻgʻrisidagi qoidalar oʻzining yorqin ifodasini topgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi inson huquqi va manfaatlari ifodasi sifatida demokratik qadriyat, anʼana va ijtimoiy adolatning qaror topishida, fuqarolarning munosib hayot kechirishi hamda milliy totuvlikni taʼminlashda bosh omil boʻla oladi. Unda mustahkamlab qoʻyilgan kafolatlar va ifoda etilgan normalarni kundalik hayotimizda qaror toptirish, shubhasiz, keksayu yosh – har bir fuqarodan huquqiy faollikni talab qiladi. Zotan, huquqiy davlat qurishning muhim sharti Asosiy Qonunimizning uchinchi bobida mustahkamlab qoʻyilgan tamoyil – Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlashdan iborat.
Konstitutsiya ustuvorligi shundaki, qabul qilinayotgan barcha normativ-huquqiy aktlar, jumladan, qonunlar uning normalari asosida boʻladi.
Zero, Konstitutsiya ustunligi qonun ustuvorligi bilan oʻzaro bogʻliq. Har qanday davlat qonunchilik tizimida Asosiy Qonun – Konstitutsiya ustuvorligi yaqqol koʻzga tashlanib turadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida mazkur tamoyil “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi soʻzsiz tan olinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi”, deb mustahkamlab qoʻyilgan. 16-moddada esa “Ushbu Konstitutsiyaning birorta qoidasi Oʻzbekiston Respublikasining huquq va manfaatlariga, ushbu Konstitutsiyaning birinchi boʻlimida nazarda tutilgan asosiy prinsip va normalarga zarar yetkazadigan tarzda talqin etilishi mumkin emas”ligi qayd etiladi.
Alohida urgʻu bilan taʼkidlash joizki, 2023-yil 30-aprelda Referendum orqali yangi tahrirda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qator xalqaro anjumanlarda nufuzli ekspertlar, xorijlik mutaxassislar tomonidan ham alohida eʼtirof etildi.
Xulosa shundaki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – milliy istiqlol mafkurasi gʻoyalari singdirilgan milliy manfaatlarimiz, istiqlolimiz va buyuk kelajagimizning huquqiy kafolatidir.

Komiljon BOYMIRZAYEV,
JInoyat ishlari bo'yicha Bulung'ur tuman sudining

Tizimni boshqarish va xizmat ko'rsatish muhandisi