Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida
Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar koʻlamini kengaytirish, fuqarolarning daromadlarini izchil oshirib borish siyosatini davom ettirish hamda ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish maqsadida:
1. 2023-yil 1-dekabrdan boshlab:
budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga;
bazaviy hisoblash miqdori 3 foizga oshirilsin.
2. 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida:
mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 1 050 000 soʻm;
bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 340 000 soʻm;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 372 000 soʻm;
yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 725 000 soʻm;
nogironlik pensiyalari, jumladan, ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 800 000 soʻm;
mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 800 000 soʻm;
1941–1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 527 000 soʻm;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 soʻmdan) 800 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 800 000 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 608 000 soʻm;
ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 608 000 soʻm;
oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 608 000 soʻm;
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 608 000 soʻm etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun – 212 000 soʻmdan qoʻshilsin;
boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 608 000 soʻm etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlansin.
3. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqlari, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplansin.
4. Ish beruvchilarga ish haqi miqdorini qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni taʼminlab, ish haqi miqdorini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur Farmonning ijrosini taʼminlash hamda taʼlim va tibbiyot muassasalarida qoʻshimcha quvvatlarning yaratilishi, oʻquvchilar soni hamda birlamchi tibbiyot muassasalari sonining ortishi natijasida qoʻshimcha shtat birliklari kiritilishi hisobiga ish haqi xarajatlari uchun talab etiladigan qoʻshimcha mablagʻlarning Davlat byudjetidan ajratilishini taʼminlasin.
6. Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu Farmonning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini taʼminlash uchun masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov belgilansin.
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

SH.MIRZIYOYEV,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti.
Toshkent shahri,
2023-yil 17-noyabr.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti.
Toshkent shahri,
2023-yil 17-noyabr.