1992-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Konstititutsiyasiga jami 15-marta oʻzgartish kiritilgan edi. Bu safar esa oʻzgarishlar koʻlami kattaligi sabab hujjatning yangi tahriri qabul qilindi. Yangilanish natijasida Bosh qomusdagi moddalar soni 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshdi. Umuman, rasmiylarga koʻra, Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilangan.
Eng muhim oʻnta yoʻnalishda roʻy bergan oʻzgarishlardan biri Davlat boshqaruvidagi oʻzgarishlar boʻlib, unda Prezidentning vakolat muddati 7 yil boʻldi.
Oʻzbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasiga binoan:
• Prezidentning vakolat muddati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. Prezidentning “davlat boshligʻi” maqomi aniq ifodalangan va unga asosan ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Prezident boʻlishi mumkin emas. Prezidentning qasamyodi matni va Prezidentga taalluqli boshqa aksariyat normalar oʻzgarishsiz qoldirildi. Maʼlumot uchun, Prezidentning vakolat muddati 2003-yilda ham 5 yildan 7 yilga uzaytirilgan, 2011-yilda esa qaytib 7 yildan 5 yilga tushirilgan edi.
• Bosh vazir nomzodini endi Prezident taqdim etadi. Prezident Bosh vazir nomzodini taqdim etishdan oldin parlamentga kirgan barcha partiyalarning fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar oʻtkazishi belgilandi. Qonunchilik palatasi Prezident taqdim etgan nomzodni koʻrib chiqadi, agar deputatlarning yarmidan koʻpi maʼqullasa, Bosh vazir lavozimga tasdiqlanadi. Agar deputatlar nomzodni uch marta rad etsa, Prezident Bosh vazirni tayinlab, Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli. Avvalgi tartibga koʻra, Bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasida eng koʻp oʻrinni egallagan partiya taklif qilar, Prezident maʼqullagach, nomzod ikki palata tomonidan tasdiqlanishi talab etilardi.
• Senatorlar soni 100 nafardan 65 nafarga tushiriladi. 14 ta hududdan 6 nafardan emas, 4 nafardan senator saylanadi, Prezident tomonidan tayinlanadigan senatorlar soni 16 nafardan 9 nafarga qisqaradi. Bu oʻzgarish 2024-yilda boʻladigan parlament saylovi vaqtida kuchga kiradi. Qonunchilik palatasi deputatlari sonini (150 nafar) oshirmaslikka, oʻzgarishsiz qoldirishga qaror qilindi.
• Bosh vazirni tayinlash va unga ishonchsizlik votumi bildirishda Senatning ishtiroki bekor qilindi. Endilikda buning uchun deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismi ovoz berishi yetarli (avval har ikki palata aʼzolarining uchdan ikki qismi ovoz berishi zarur edi. Eslatib oʻtamiz, ishonchsizlik votumi eʼlon qilinsa, Prezident Bosh vazirni lavozimidan ozod etadi). Bosh vazir va hukumat aʼzolarining hisobotlarini eshitish ham quyi palataning vakolatiga oʻtkazildi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi hukumat aʼzolarini isteʼfoga chiqarish toʻgʻrisida Prezidentga taklif kiritish vakolatiga ega boʻldi.
• Korrupsiyaga va monopoliyaga qarshi kurashish organlari rahbarlarini Prezident taqdimiga binoan saylash Senatning vakolatiga kiritildi. Senat, shuningdek, eng yuqori rangdagi sud mansabdorlarini saylaydi, bosh prokuror va Hisob palatasi raisligiga nomzodlarni koʻrib chiqib maʼqullaydi, DXX raisligiga nomzod boʻyicha Prezident bilan maslahatlashuv oʻtkazadi, Markaziy bank raisini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi, xorijdagi asosiy diplomatlarni tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi (bularning barchasi Prezident taqdimiga binoan amalga oshiriladi). Bundan tashqari, Senat mahalliy kengashlarning qonunga zid qarorlarini bekor qilish vakolatiga ega boʻldi.
• Qonunchilik palatasi qonunlar boʻyicha qoʻshimcha vakolat oldi. Unga koʻra, endilikda Senat qonunni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida 60 kun ichida qaror qabul qilmasa, Qonunchilik palatasi qonunni Prezidentga yuboradi. Qonunlarning Prezident tomonidan imzolanishi va eʼlon qilinishi uchun belgilangan muddat 30 kundan 60 kunga uzaytirildi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun parlament palatalari tomonidan yana qabul qilingan taqdirda, Prezidentning bu qonunni imzolash va eʼlon qilish muddati oʻzgarishsiz (14 kun) qoldirildi.
• Prezident muddatidan ilgari Prezident saylovini tayinlashga haqli ekani belgilandi. Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi va Senatga oʻzini oʻzi tarqatib yuborish vakolati berildi (palata aʼzolarining kamida uchdan ikki qismining ovozi talab etiladi). Shuningdek, jiddiy voqealar roʻy berganida, ikki palata qoʻshma qaror qabul qilgan holda parlament tekshiruvi oʻtkazishi mumkinligi yozib qoʻyildi.
• Sudyalar muayyan ishlar boʻyicha hisobdor boʻlmaydi. Konstitutsiyaga qoʻshilgan bu norma boʻyicha ham huquqiy sharhga zarurat bor. “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonunda “hisobdor” tushunchasi uchramaydi. Sudyalarning oʻzlari chiqargan qarorlari boʻyicha hisobdor boʻlmasligi odil sudlovni taʼminlashga qanday taʼsir qilishi – izohtalab holat, bizningcha. Bu kabi mavxum qoidalar pirovardida yangi Konstitutsiyani uning targʻibotida koʻp marta aytilgan va hujjatning oʻzida ham belgilangan toʻgʻridan toʻgʻri ishlaydigan qonun boʻlishini savol ostida qoldiradi.
• Konstitutsiyaviy sud sudyalari 10 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi mumkin boʻlmaydi. Avvalgi tartibga koʻra, bu muddat birinchi marta saylanganida 5 yil, keyingisida 10 yil edi.
Konstitutsiya qabul qilingan kun sifatida bundan keyin ham 1992-yil 8-dekabr sanasi eʼtirof etiladi, 8-dekabr – bayram sanasi oʻzgarmaydi.

Sherzod TURSUNOV,
Jinoyat ishlari boʻyicha Bulungʻur tuman sudining devonxona mudiri.