“Qo’shqanot”
Yaqinda payariqlik yozuvchi Iskandar Temirovning "Qo'shqanot" nomli kitobi nashrdan chiqdi.
Iskandar Temirov Payariq tumanining "O'ymovut" mahallasida dunyoga kelgan. 1977-1983-yillar tuman Komsomol tashkilotiga rahbarlik qilgan. 1983-1993-yillarda tuman radio eshittirishlar tahririyatida muharrirlik qilgan, tumandagi 61-umumta'lim maktabida o'quvchilarga tarix fanidan dars bergan. Ayni paytda nafaqada. "Umr ziynati" va "Payariqnoma" kitoblari muallifi.
"Qo'shqanot" kitobi partiya va davlat ishlaridagi ko'p yillik mehnati davomida xalqimizga qilgan beminnat yordami, fidokorna ishlari bilan tanilgan Shodi Nosirov va o'g'li, tibbiyot fanlari doktori Farhod Nosirovlarning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi.
Kitobning biz bulung'ur-liklarga ahamiyati shundaki, Shodi Nosirov 1941-1944-yillarda Bulung'ur partiya komitetining birinchi sekretari bo'lib ishlagan vaqtlaridagi voqealar, xususan o'sha vaqtdagi qilingan ishlar, tuman sanoati, qishloq xo'jaligi haqidagi qiziqarli voqealar haqida ma'lumot beradi.
"Qo'shqanot" nomli ushbu kitob yozuvchi tilidan zamondoshlari tomonidan aytilgan aniq faktlar asosida yozilgan. O'ylaymizki, ushbu kitob tumanimiz tarixiga qiziqadigan barcha o'quvchilarni bee'tibor qoldirmaydi.

G'ulom O'ROLOV.