O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 19-iyundagi tegishli farmoyishiga muvofiq Respublikamiz hududida yong`in xavfsizligini ta'minlash bo`yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari boshlandi. Ushbu tadbir 1-iyuldan 1-avgustga qadar davom etadi va korxona, tashkilot, muassasalarda hamda fuqarolar tomonidan favqulodda vaziyatlar va yong`in xavfsizligi qoidalariga e'tiborli bo`lishga, turar joylarda yong`in sodir bo`lishining oldini olish borasida keng qamrovli profilaktik ishlar olib borilishiga undaydi.
Hozirgi kunda tuman Favqulodda vaziyatlar bo`limi xodimlari o`zlariga biriktirilgan xalq xo`jaligi jabhalarining, fuqarolar turar joylarining yong`inga qarshi holatini tekshirib, aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etishda mahalla faollari bilan hamkorlikda amaliy yordam ko`rsatilib, qoidabuzarlarni mahalla yig`inlarida muhokama etib, tegishli choralar ko`rib kelmoqdalar.
Tumanning mutassadi xizmatlari - gaz ta'minoti idorasi, elektr tarmoqlari idorasi, mahalla oqsoqollari va tuman IIB profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda keng qamrovli reydlar tashkil etishib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko`rishmoqda. Olib borilgan keng ko`lamdagi ishlarga qaramasdan joriy yilda tumanimiz aholisi turar joylarida 6 oy davomida 20 ta yong`inlar sodir bo`lgan.
Yong`in xavfsizligini taminlash bo`yicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlarida qanday ishtirok etish mumkin?
Yong`inning noxush oqibatlari haqida gapirganda ko`z oldimizga kuyib kulga aylangan binolar, kasalxonada kuyish tan jarohati olib azoblarga qolgan kishilar keladi.
Yong`in qayerda bo`lmasin o`zining mudhish oqibatlarini qoldiradi. Qanchadan-qancha odamlar boshpanasiz qolganligi, salomatliklarini yo`qotganligi va ayrim hollarda esa insonlar hayotdan bevaqt ketishlari sir emas. Shuning uchun yong`in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilish lozim ekanligini yana bir bor eslatib o`tishni burchimiz deb bilamiz. Buning uchun quyidagi yong`in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlaringizni so`raymiz:
- elektr uskunalarini doimo na-zorat qiling;
- eskirgan elektr simlarini o`z vaqtida almashtiring;
- elektr hisoblagichlarda yasama saqlagichlar ishlatmang;
- xonadonlarda yosh bolalar hamda qariyalarni qarovsiz qoldirmang;
- tabiiy gazdan rezina shlanglar orqali foydalanmang;
- ko`rikdan o`tmagan va maxsus tamg`asi bo`lmagan maishiy gaz balondan foydalanmang;
- ochiq olovdan foydalanishda doimo yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling;
- maishiy gaz balonlarning qoldig`ini (kondensatni) olmang va foydalanmang.
Unutmang, xavfsizligingiz o`z qo`lingizda!
Dilmurod JABBOROV,
tuman FVB boshlig`i, kapitan.