“Bulung‘ur hayoti” gazetasi tahririyatida navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda tumanda xususiy sektorni ragʻbatlantirish va uning ulushini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida so‘z yuritildi.
Mavzu yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ibragimov Sherzod Saxadinovich tomonidan atroflicha ma’lumot berildi.
Mavzu yuzasidan tuman hokimining moliya-iqtisod va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Ibragimov Sherzod Saxadinovich tomonidan atroflicha ma’lumot berildi.

- 1 906 ta kichik biznes subyektlari,
-1 485 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari faoliyat yuritib kelmoqda.
-1 906 ta kichik biznes subyektlari yoʻnalishlari quyidagilardan iborat. Jumladan,
-208 ta fermer xoʻjaliklaridan tashqari, qishloq xoʻjaligi, oʻrmon va baliq xoʻjaligi korxonalari,
- 271 ta sanoat korxonalari,
- 61 ta qurilish-pudrat korxonalari,
- 768 ta savdo korxonalari,
- 41 ta transport korxonalari,
-115 ta restoran, kafe va umumiy ovqatlanish va korxonalar,
- 23 ta aloqa va axborotlashtirish yoʻnalishidagi korxonalar,
- 26 ta ijtimoiy va sogʻliqni saqlash boʻyicha xizmat koʻrsatish korxonalari,
- 393 ta boshqa yoʻnalishidagi xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyat olib borishmoqda.

Joriy yilning 1-noyabr davomida turli yoʻnalishlari boʻyicha 145 nafar fuqarolar hunarmandchilik sohasidagi ish oʻrinlari roʻyxatdan oʻtkazilib, 550 nafar fuqaro uztoz-shogird anʼanalari asosida faoliyatini boshladi;
Oʻzini-oʻzi band qilish yoʻnalishida (PQ-4742) 10 911 nafar fuqarolar turli yoʻnalishlar boʻyicha bandligi taʼminlanib roʻyxatga olindi,
Tumandagi savdo, umumiy ovqatlanish, ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, qurilish va qishloq xoʻjaligi sohalaridagi norasmiy ishchi-xodimlarni legallashtirish natijasida qoʻshimcha ishchi oʻrinlari norasmiy faoliyat yuritib kelayotgan 7 216 nafar fuqarolar faoliyati rasmiylashtirilishiga erishildi.
Tadbir so‘ngida OAV vakillari mavzu yuzasidan o‘zlarining savollariga javoblar olishdi.