Davlatga pillani yetkazib berish uchun mahallalarimizda yashovchi fuqarolar xonadonlarida ipak qurtini boqish mavsumi davom etayapti. Ipak tolasini yetishtirish davomida yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki mashaqqatli mehnat evaziga boqilayotgan ipak qurti ehtiyotsizlik oqibatida sodir bo'lgan yong'in tufayli bir necha daqiqada nobud bo'lishi mumkin. Shunday noxush hodisalarning oldini olish uchun har bir pillakorlardan o'ta ehtiyotkorlik va yong'in xavfsizligi qoidalariga to'liq amal qilinishi talab etiladi. Pillakorlarimizga ipak tolani yetishtirish davrida amal qilishlari lozim bo'lgan asosiy qoidalarni eslatib o'tamiz:
- Ipak qurti boqilayotgan xonadonlarda isitish pechlari hamisha soz holda, mo'rilar tozalangan bo'lishi shart. Pechlarni benzin, kerosin, dizel yoqilg'ilari bilan yoqish man etiladi;
- Qurt boqiladigan barcha xona-donlarda elektr simlaridan, elektr tokidan foydalanishda ehtiyot choralarini ko'rish shart, elektr chiroqlarida himoya plafonlari o'rnatilgan bo'lishi lozim. Vaqtinchalik tortilgan elektr simlardan foydalanish, ochiq spiralli elektr isitgichlardan foydalanish man etiladi;
- Gaz bilan isitiladigan pechlarni bolalarga ishonib yoqmaslik, pech yaqinida so'rilarni joylashtirmaslik, jo'mraklardan sizib chiqadigan gazlarni darhol mutaxassislar yordamida bartaraf etish choralarini ko'rish, gaz yoqiladigan xonada shamollatish tizimlarini o'rnatish talab etiladi;
-Ipak qurti boqilayotgan xonalarga isitish pechi tabiiy gaz yoqish uchun rezinali ichak orqali foydalanish man etiladi.
Pilla boqiladigan xonada birlamchi yong'in o'chirish vositalari 100 litr idishda suv, belkurak va qum bilan ta'minlangan bo'lishi shart.
Yuqorida aytib o'tilgan va qiyin bo'lmagan ko'rsatmalarga astoydil amal qilsak, "kumush tola"ni yetishtirish, qayta ishlash va saqlash davrida yong'in xavfsizligini to'la ta'minlagan bo'lamiz.

Yo'ldosh UMIRZOQOV,
tuman FVB NTB boshlig'i, kapitan.
tuman FVB NTB boshlig'i, kapitan.