Bugungi kunning dolzarb masalalalaridan biri turli sabablar oqibatida yuzaga keluvchi tilsiz yov bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, ogohlik va hushyorlikni oshirishdan iborat. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlarining amalga oshirayotgan sa’y-harakatlari shu maqsalga qaratilgan. Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi vazifalari juda mas’uliyatlidir. Zotan, peshona teri bilan erishilgan boyliklar, qad ko‘targan binolar, korxona, tashkilot, muassasalar va xalq xo‘jaligi maskanlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan belgilangan tadbirlar asosida faoliyat olib bormoqda.
Joylarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga hamma befarq bo‘lmasligi lozim. 2022 yilning 12 oyi davomida tumanimizda 44 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘inlarning asosiy qismi fuqarolar yashash uylarida sodir bo‘lmoqda. Jumladan, 2022 yil 2 oktabr kuni Do‘stlik mahallasida yashovchi fuqaro E.Eshnazarovning yashash uyi oshxonasida elektr simlarining qoida asosida o‘rnatilmaganligi sababli qisqa tutashuvoqibatida yong‘in sodir bo‘lgan. Natijada, fukaro E.Eshnazarovning yashash uyi oshxonasi 40 metr kvadrat qismi yong‘indan zarar ko‘rgan. 13 dekabr kuni Bulung‘ur tuman Oqtosh mahallasida yashovchi fuqaro X.Azimovning yashash uyi shift va tomi chordoq qismining 25 metr kvadrati isitish pechi mo‘risining me’yoridan ortiq qizdirilishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Tahlildan ko‘rinib turibdiki, shu yong‘inlarning kelib chiqish sabablari aholining uy-joylaridagi oddiy yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etmasliklaridan, ya’ni, isitish pechlari mo‘risi nosozligidan, pech mo‘risining yog‘och- shift qismiga yaqin masofaga o‘tkazilishidan, isitish pechlariga nokonuniy ravishda rezina shlang orqali gaz tarmoqlarini ulab olish, elektr simlarinining noto‘g‘ri montaj qilinishidan yong‘inlar sodir bo‘lmoqda. Fuqarolarimizning o‘z uylarida e’tiborsizligi va ma’suliyatsizligi oqibatida yuz berayotgan yong‘inlarda insonlarning kuyish tan jarohati olish hollari ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqarmoqda.
Yong‘in xavfsizligini ta’minlash xar birimizni burchimizdir.

Kamoliddin TANGIRQULOV,
tuman FVB boshlig‘ining o‘rinbosari, Profilaktika va nazorat bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan.