Paxta va g`alladan qisqartirilayotgan yer maydonlarida bog`dorchilik, uzumchilik, poliz va sabzavotchilik, dukkakli va moyli ekinlarni yetishitirishda fuqarolarga, "Temir daftar", "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari"da ro`yxatda turgan ehtiyojmand oilalarga hamda xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga dehqon xo`jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish tizimi joriy etilgan.
Hozirgi kunda, "Yoshlar daftari" va xorijdan qaytib kelgan mehnat mig-rantlari ro`yxatiga kiritilgan yoshlarga dehqon xo`jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ajratishda ochiq elektron tanlovlarda ustuvorlikni ta'minlovchi mezonlarni takomillashtirish zarurati inobatga olinib, O`zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-iyuldagi 320-son Qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son Qaroriga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritilib, unga ko`ra, "Yoshlar daftari" va xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari ro`yxatiga kiritilgan yoshlarga dehqon xo`jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berish, ochiq elektron tanlov orqali "Yoshlar daftari" va xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlari ro`yxatiga kiritilgan yoshlarga yer uchastkalarini ajratishda soddalashtirilgan tartib joriy etildi.
Zafar SAFAROV,
tuman Adliya bo`limi boshlig`i.