Hali yigirma besh yoshni ham qarshilamagan, tayinli bir ishning boshini tutmagan, jismoniy va foydali mehnatga bo'yni yor bermaydigan Jasur (ism-familiya o'zgartirilgan) tekin boylik orttirish maqsadida hatto jinoyat qilishdan ham toymadi. U giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari hisoblanadigan, inson organizmiga kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda sotib o'tkazish bilan shug'ullana boshladi. Dastlab ish silliq ketayotganidan ruhlangan Jasur tezda o'ziga sherik ham topdi. Sherali ham Jasurdan olgan kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni naqd pulga olib, boshqa shaxslarga qimmatroqqa sotib, tekin daromad orttira boshladi. Qo'llari mo'may pul ko'rgan sheriklar mijozlarni yanada ko'paytirishni maqsad qilishdi. Lekin... nafsiga qul bo'lgan kimsalar bu jinoiy qilimishlari bir kun kelib oshkor bo'lib qolishini xayollariga ham keltirishmadi. Ko'za esa kunda emas, kunida sinadi...
Yoz kunlarining birida, guzarda, kechqurun ikkala sherik qo'ng'iroqlashib uchrashishdi. Sherali Jasurdan 4 dona konvalyutalardagi jami 56 dona, 16,8 gramm kuchli ta'sir qiluvchi pregabalin mavjud bo'lgan, "Genveon GERIKA 300 mg Sert Kapsul Pregabalin" yozuvli kapsulalarni qonunga xilof ravishda 1 500 000 so'mga sotib olib, shu paytning o'zida "Oybek" ismli shaxsga 2 100 000 so'mga sotdi. Biroq, tuman IIB va DXX bo'linmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbirda ularning jinoyatlari fosh etildi.
Tadbir davomida Jasur shaxsiy tintuv qilinganda uning yonidan ko'p miqdordagi 3 dona konvalyuta va 1 dona konvalyuta qirqimlaridagi jami 45 dona, 13,5 gramm, tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi pregabalin moddasi bo'lgan "Gtnveon GERIKA 300 mg Sert Kapsul Pregabalin" yozuvli kapsulalar ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olindi.
Sud, sudlanuvchi J.Ikromovni O'zbekiston Respublikasi JK 251 (1)-moddasining 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, JKning 57-moddasini qo'llab, 5 (besh) yil 6 (olti) oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Sud, sudlanuvchi Sh.Umarovni O'zbekiston Respublikasi JKning 251 (1)-moddasining 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topib, JKning 57-moddasini qo'llab 5 (besh) yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Har ikkala sudlanuvchiga ham jazo umumiy tartibli koloniyalarda o'talishi belgilandi.

U.BUTUNOV,
viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i.
Z.HAMDAMOV,
tuman prokurori o'rinbosari.
viloyat prokuraturasi bo'lim boshlig'i.
Z.HAMDAMOV,
tuman prokurori o'rinbosari.