So'nggi yillarda barcha sohalar qatori sog'liqni saqlash tizimida ham samarali islohotlar o'tkazildi. Natijada tumanimizda ham tibbiy xizmat sifati tubdan o'zgardi. Xususan, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, aholining salomatligini yaxshilash va kasallikni erta aniqlash bo'yicha joylarda tibbiy ko'riklarning tashkil qilinishi, bemorlarni davolashda yangi tibbiy texnologiyalardan foydalanish borasidagi yangiliklar shular jumlasidandir.
Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda Tibbiyot xodimlari hamda 11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni sifatida keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan yaqinda tuman hokimligi binosida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbirda Samarqand viloyat Sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Suxrob Zayniyev va tuman hokimi Samandar Astonovlar ishtirok etishib, tumanimiz sog'liqni saqlash xodimlarini bayram bilan tabrikladi. Shundan so'ng tumanimizda xalqimiz salomatligi yo'lida samarali mehnat qilayotgan bir guruh ilg'or tibbiyot xodimlari tuman hokimligi va sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi tuman tashkiloti tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
