Tuman Tibbiyot birlashmasi 260 o'rinli budjet va 60 o'rinli aholiga pullik xizmat ko'rsatish bo'limlaridan iborat. Shuningdek, 250 qatnovli tuman Ko'p tarmoqli markaziy poliklinika, 300 qatnovli 3 ta oilaviy poliklinika, 15 ta, jami 750 qatnovli shifokor punktlari va 10 ta mahalla tibbiy punktlaridan iborat.
TTBda jami 1 558 nafar xodim faoliyat yuritadi. Shundan 260 nafar shifokorlardan 59 nafari oliy toifali, 29 nafari 1-toifali, 22 nafari 2-toifali shifokorlardan iborat. Davolash profilaktika muassasalarida 79 nafar shifokor, 373 nafar hamshira, 193 nafar kichik tibbiy xodimlar faoliyat yuritadi. BTSMda 134 nafar shifokor, 452 nafar hamshira, 54 nafar kichik tibbiy xodimlar faoliyat yurtishadi.
Tuman Tibbiyot birlashmasiga 2023-yil mart oyida markazlashgan holda jami 2 200 000 000 (ikki milliard ikki yuz million) so'mlik tibbiy apparatlar olinib, bo'limlarga o'rnatildi.
2023-yilning 9 oyi davomida tuman Tibbiyot birlashmasi bo'limlari binosiga 232 948 000 (Ikki yuz o'ttiz ikki million to'qqiz yuz qirq sakkiz ming) so'mlik quyosh panellari o'rnatildi. Dori-darmon va bog'lov vositalari uchun 3 milliard 377 mln 293 ming so'm, imtiyozli bepul dori-darmonga 419 mln 995 ming so'm to'lov amalga oshirilgan.
Joriy yilning 2-choragida 6 ta (Mingchinor, Do'stlik, Istiqlol, Beruniy, Ulug'bek, Erganakli patronaj punktlari) oilaviy shifokorlik punktlari faoliyati yo'lga qo'yildi.
Sog'liqni saqlash sohasini raqamlashtirish va axborot tizimlari yagona kompleksini joriy etish, boshqaruv jarayonidagi ortiqcha tartib-tamoyillarni qisqartirish, aholiga xizmatlar ko'rsatish sifatini oshirish, tibbiyot xodimlarining ish samaradorligini ta'minlash, shuningdek, ushbu yo'nalishda qabul qilingan raqamli transformatsiya qilish dasturlarini samarali amalga oshirish maqsadida hozirgi kunga qadar bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Sog'liqni saqlash vazirining 458-sonli "Yagona elektron ro'yxatga olish va Internet tarmog'i orqali shifokor qabuliga yozilish "Elektron poliklinika" avtomatlashtirilgan axborot tizimi (ATT)ni ishga tushirish to'g'risidagi buyrug'iga asosan 180 024 nafar fuqaro tizimga kiritilgan, 200 dan ortiq shifokorga tizimdan foydalanish imkoniyati yaratilib, hozirgi kunda samarali foydalanib kelinmoqda.
Xuddi shu tizimda fertel yoshidagi ayollarning ro'yxati shakllantirilib, bunda tizimga 49 858 nafar fertel yoshli ayollar kiritilgan.
Aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko'rsatishda oshkoralik, adolatlilik va shaffoflik tamoyillari asosida zamonaviy talablarga javob beradigan samarali xizmat ko'rsatish tizimi shakllantirilgan.
Tuman Tibbiyot birlashmasi hamda Tibbiyot birlashmasiga qarashli barcha tibbiyot muassasalariga optik aloqa liniyalari o'rnatilib, ushbu muassasalarga lokal tarmoq tortilgan, qo'shimcha ravishda joriy yilning 9 oyi mobaynida mahalla tibbiyot punktlariga optik aloqa liniyalari tortildi.
Tuman Tibbiyot Birlashmasiga joriy yil boshidan hozirga qadar jismoniy va yuridik shaxslardan jami 129 ta ariza-murojaat kelib tushgan. Shundan 89 tasi ijobiy hal etilgan. 40 tasiga tushuntirish berilgan bo'lib, 2 tasi ijroda. Yuqori tashkilotlardan jami 82 ta ariza-murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 38 tasi ijobiy hal etilgan, 44 nafariga tushuntirish berilgan. Jismoniy va yuridik shaxslardan 14 ta yozma murojaatlar kelib tushgan bo'lib, barchasi belgilangan tartibda hal etilgan.
TTB tarkibida 320 o'rinli statsionar 197 506 nafar tuman aholisiga xizmat qilib kelmoqda. Joriy yilning 9 oyi davomida 15 375 nafar bemor davolanib chiqdi. Kasalliklar monitoring qilinganda yurak-qon-tomir kasallikllari 4,8 foizga, qandli diabet 2,3 foizga oshganligi aniqlangan. Ushbu kasalliklar bo'yicha aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, kasalliklarning oldini olish, barvaqt aniqlash va samarali davolash ishlarini kengaytirish, bemorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni zarur dori vositalari bilan uzluksiz ta'minlash maqsadida terapiya bo'limida 20 o'rinli kardiologiya va 5 o'rinli endokrinologiya o'rinlari ochildi.
- Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish borasida kelgusida markaziy shifoxonaning tumanlararo qo'shma shikastlanishlar va o'tkir qon-tomir kasalliklar markaziga bemorlar uchun lift o'rnatish;
- TTBga qarashli Istiqlol, Oqtepa, Beruniy, Mingchinor, Cho'yantepa, Beshariq va Bulung'ur oilaviy shifokorlik punktlarini rekonstruksiya qilish, Ipak Yo'li OSHP binosini qayta yangidan qurish;
- Tuman Ko'p tarmoqli markaziy poliklinika binosini hamda shu bilan birga 20 ta xonadan iborat qo'shimcha binoni qayta qurish;
- Tumanda panatomiya bo'limini yangidan barpo etish, jihozlash va gistologik tekshiruvlarni o'tkazish uchun tibbiy asbob-uskunalar olish rejalashtirilgan.
Fursatdan foydalanib yurtimizdagi barcha tibbiyot xodimlarini kasb bayramlari bilan chin dildan muborakbod etaman. Ularning el sog'ligi yo'lida qilayotgan sa'y-harakatlari va xizmatlarida kuch-quvvat tilayman.

Vohid XUDAYQULOV,
tuman Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori.