Mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida keng ko'lamli yangilanishlar jarayoni amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, 2023-yil tarixda qoladigan siyosiy voqealarga boy yil bo'ldi. Joriy yilning 30-aprel kuni muhim siyosiy jarayon - "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuniy loyihasi bo'yicha umumxalq Referendumi bo'lib o'tdi. Insonlarning yanada yaxshi yashashini maqsad qilgan ushbu qomusnomada barcha sohalar qatori biz jurnalistlar va OAV to'g'risida ham alohida to'xtalgan.
Xususan, davlat ommaviy axborot vositalarining erkinligini va ularning axborot izlashi, olishi, undan foydalanishi va tarqatishdagi huquqlarini kafolatlanishi, ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'lishi beligilab qo'yildi.
Barchamiz yaqinda bo'ladigan yana bir siyosiy jarayon - muddatidan ilgari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi arafasida turibmiz. Ayni paytda Prezidentlikka nomzodlar saylovoldi dasturi doirasida saylovchilar bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O'zbekiston Liberal de-mokratik partiyasidan O'zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan bo'lgan uchrashuvda "Jurnalist hamda blogerlar jamiyatni va amaldorlarni "tarbiya qilyapti", ommaviy axborot vakillari islohotlarimizga juda katta ta'sir ko'rsatyapti", dedi.
Bugun jurnalistlardan tezkorlik, xolislik bilan birga davlatimiz rahbari tomonidan qo'yilayotgan vazifalarga hozirjavoblik, puxta va mukammal bilim asosida o'z faoliyatiga ijodiy teran, tahliliy-tanqidiy ruhda yondashuv talab etilmoqda. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan xalqchil siyosat, so'z va matbuot jurnalistlarning axborot olishga oid huquq va erkinligini ta'minlashda muhim omil bo'lmoqda. OAV rivoji yo'lidagi g'amxo'rlik va e'tibor soha xodimlarining jamiyatdagi ijtimoiy mavqeyini tobora yuksaltirish, xodimlarni moddiy va ma'naviy qo'llab-quvvatlashda o'z ifodasini topmoqda.
Xalq deputatlari Bulung'ur tuman Kengashi va tuman hokimligi muassisligida chop etilayotgan "Bulung'ur hayoti" gazetasi xodimlari ham ana shu ezgu maqsad yo'lida xizmat qilmoqda. "Bulung'ur hayoti" gazetasi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va farmonlari, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi hamda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashi sessiyasi qarorlari, shuningdek, tumanda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy voqealarni xalqqa yetkazishda asosiy rol o'ynamoqda.
"Bulung'ur hayoti" gazetasi tumanimiz ko'zgusi hisoblanadi. Xalqimizda basharang qiyshiq bo'lsa oynadan o'pkalama, degan purma'no gap bor. Kundalik hayotimizda uchrab turadigan salbiy holatlar, illatlar to'g'risida tanqidiy maqolalar berib boradi. Kamchiliklar to'g'risida bong uradi. Albatta, gazetamiz sahifalarida dolzarb maqolalar, badiiy ijod namunalaridan she'r va hikoyalar ham asosiy o'rin egallaydi. Har bir soha xodimlari uchun yangi ruknlar tashkil etilgan. Xususan, "Dalalardan daraklar", "Maktablardan daraklar", "Shifokor maslahati", "Jinoyat va jazo", "Madaniyat xabarlari" va boshqa mavzular bilan tumanimiz ahli yaqindan tanishib bormoqda.
Shuningdek, yoshlar o'rtasida ijodkorlikni shakllantirish, o'z she'rlari va hikoyalari orqali ona Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun daxldorlik hissini singdirish maqsadida "Bulung'ur hayoti" gazetasi qoshida "Yosh ijodkorlar" maktabi faoliyat ko'rsatmoqda. Ijod maktabi tinglovchilariga tumanimizda ijod qilayotgan taniqli yozuvchi va shoirlar saboq berishmoqda. Albatta, bu qi-linayotgan xayrli ishlar vaqti kelib o'z samarasini beradi. Hademay ushbu ijod maktabi o'quvchilari ona Vatanga sadoqat bilan xizmat qiladigan insonlarga aylanadi. Kezi kelganda shuni ham aytish mumkinki, tumanimizda ijod qilayotgan ijod maktabi o'quvchilarining "ijod namunalaridan iborat" kitobi tuman hokimi homiyligida chop etilmoqda.
Bugungi kunda tumanimizdagi barcha darajadagi tashkilot va soha rahbarlari "Bulung'ur hayoti" tahririyatida matbuot xodimlari bilan muntazam uchrashib, tuman hayotiga daxldor muhim masalalarni erkin muloqot asosida, ochiq-oshkora keng muhokama qilishmoqda.
Yuqorida aytganimizdek, bu yilgi bayram tarixiy sanalarga boy bir vaqtda bo'lib o'tmoqda. Fursatdan foydalanib doimo yangilik izlab, yangilikka intilib yashaydigan barcha bulung'urlik hamkasblarim hamda bloger va matbuot xodimlarni, jamoatchi muxbirlarni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy qutlayman.

G'ulom O'ROLOV,
"Bulung'ur hayoti" gazetasi bosh muharriri.