Qandli diabet endokrin kasalliklarga mansub bo'lib, insulin garmonining to'liq yoki qisman yetishmovchiligidan kelib chiqadi. Oqibatda qonda glyukoza miqdorining davomli ortib borishi kuzatiladi. Kasallik surunkali davom etishi va organizmdagi moddalar almanishuv jarayonlarining buzilishi bilan tavsiflanadi.
Kasallikning klinik belgilari - peshob orqali ko'p suyuqlik yo'qotish va qondirib bo'lmaydigan tashnalik bilan bemorni bezovta qiladi. Kasallikning kelib chiqishiga surunkali davom etuvchi streyes holatlari, uzoq davom etuvchi uyqusizlik, ba'zi kasalliklar, jumladan, gipertoniya kasalligi, pankrastik, semizlik va boshqa kasalliklar hamda ayrim dori preparatlari muhim rol o'ynaydi.

Qandli diabetni erta aniqlash bo'yicha tumanimizda ham bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Xususan, tumanimizdagi barcha mahallalarda diabetga qarshi 40 yoshdan oshgan xavf guruhidagi aholi o'rtasida skrining o'tkazildi. Ular orasidan endokrin kasalliklari bo'lgan bemorlarga kerakli tavsiyalar berildi. Shuningdek, har bir mahallada aholiga bu kasallik asoratlarining oldini olishda nimalarga e'tibor berish kerakligi to'g'risida maslahatlar berib kelayapmiz.
To'g'risini aytganda qandli diabet kasalligi bilan og'rigan bemorlar nima qilish kerakligini, qaysi shifokorga uchrashishni va qanday davolanishni bilishmaydi. Ba'zi bemorlar o'zlaricha davolanmoqchi bo'ladilar. Tibbiy bilim yetishmasligi sababli bu kasallikni vaqtida payqamaydi va oqibatda kasallikni ancha o'tkazib shiqfokorga murojaat qilishadi. Bu esa be-morni davolashda qiyinchiliklar tug'diradi. Paytdan foydalanib, qandli diabetni keltirib chiqaradigan omillar va davolash to'g'risida fikr bildirmoqchiman.

Diabetning 2-turi esa oldini olish mumkin bo'lgan xastalik hisoblanadi. Sog'lom turmush tarzi, to'g'ri ovqatlanish, jismoniy faollik, qonda qand miqdorining doimiy nazorati, tegishli dori vositalari orqali bu dardni yengish mumkin. Agar insonda diabet oldi holatlari kuzatilsa, metoformin preparatini qabul qilish tavsiya etiladi. Bunday vaziyatda shifokor tavsiyalariga to'liq rioya etilsa, statsionar sharoitga hech qanday ehtiyoj bo'lmaydi. Shu sababli aholi avvalo, patronaj hamshirasi va oilaviy shifokor, qandli diabet bilan kasallangan bemorlar esa endokrinolog nazoratida bo'lishi shart. Prezidentimizning "Endokrinologiya xizmatini takomillashtirish va ko'lamini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga ko'ra ayni paytda qandli diabet kasalligiga chalingan bemorlarni bepul dori-darmonlar bilan ta'minlash choralari ko'rilmoqda.
Noyabr oyi butun dunyoda "Diabetga qarshi kurashish oyligi" deb e'lon qilingan. Siz ham sog'ligingizga e'tiborsiz bo'lmang. Qoningizdagi qand miqdorini tekshirtiring va albatta shifokor maslahatiga amal qiling.
Sobir YUNUSOV,
xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, endokrinolog shifokor.
Bekmurod JUMANOV,
tumanda endokrinologiya xizmatini sifatli va chuqurlashtirilgan tibbiy xizmati shifokori.
xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, endokrinolog shifokor.
Bekmurod JUMANOV,
tumanda endokrinologiya xizmatini sifatli va chuqurlashtirilgan tibbiy xizmati shifokori.