O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyunda "Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko'rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo'lga qo'yish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-82-sonli Farmoni qabul qilindi.
Bundan ko'zlangan maqsad :
- aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalar bo'yicha ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish;
- kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;
- aholining turli guruhlari bilan ishlaydigan professional "ijtimoiy ish" xizmatini tashkil etish;
- ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat sektor va mahalliy jamiyatlarni turli xil xizmatlar ko'rsatish va aholining zaif qatlamlarini qo'llab-quvvatlashga yanada faol jalb qilish uchun rag'-batlantirish choralarini yaratishdan iborat.
Mazkur farmon asosida tuma-nimizda ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunga qadar tu-manimizda xatlov o'tkazilib, 4126 nafar nogironligi bo'lgan shaxslar va og'ir kasallar ro'yxati shakllantirildi. 2024-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy xizmatlar ko'rsatilishi rejalashtirildi.
Vazirlar Mahkamasining "Muhtoj shaxslarni protez ortopediya moslamalari va reablitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash to'g'risida"gi 2021-yil 1-iyuldagi 411-sonli qaroriga asosan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan muhtoj shaxslar 41 ta nogiron aravachasi, 20 ta hassa, 10 ta qo'ltiq tayoq, 2 tirsakli qo'ltiq tayoq, 8 ta eshitish moslamasi bilan ta'minlandi.
Ijtimoiy xodimlar yolg'iz keksa pensionerlarning uylariga borishib, ijtimoiy xizmatlar ko'rsatishdi, dori-darmonlari, oziq-ovqat mahsulotlari va bayram tadbirlarida homiylar hisobidan sovg'a-salomlar tashkillashtirildi.
Yolg'iz yashovchi keksalarning sog'liqlari tuman Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, ular reablitatsiya texnik vositalari bilan ta'minlandi hamda kerakli dori-darmonlar berildi. 15 nafari tuman terapiya bo'limida o'n kun davolanishib, sog'liklarini tiklashdi. Shuningdek, yil davomida o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalarga 42 million so'mlik dori-darmonlar yetkazib berildi.
8 nafar yolg'iz keksalar uylarida hashar o'tkazildi. 6 nafarining uyi homiylar hisobidan ta'mirlanib, 10 million 900 ming so'm mablag' sarflandi. Yil davomida o'tkazilgan bayramlar munosabati bilan o'zgalar parvarishiga muhtoj bo'lgan yolg'iz keksalar holidan xabar olinib, homiylar hisobidan 32 million so'mlik oziq-ovqat va boshqa sovg'a-salomlar tashkil qilindi. 32 nafar yolg'iz yashovchi keksalarning uy atroflaridagi ariq-zovurlarini hashar yo'li bilan obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Obodonlashtirish ishlari bilan birga kuz-qish mavsumi doirasida ham yolg'iz keksalarga o'tin-ko'mir zaxiralari tashkil qilish ishlari amalga oshirilyapti.
"Asr bilan yuzma - yuz" tadbiri, "Keksalar haftaligi" doirasida tuman hokimligi hamda tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda 100 yoshdan oshgan yoshi ulug' otaxon va onaxonlar holidan xabar olinib, ular bilan muloqotlar o'tkazildi.
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari doimo davlatimiz e'tiborida. "Inson qadri" tamoyili doirasida qilinayotgan har bir ish insonni ulug'lash, ularga sifatli zarur yordamlar ko'rsatishga qaratilgan.

Obid SATTOROV,
tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori.