Muhtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yil "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb e'lon qilishi va Dastur qabul qilinishi biz kasaba uyushma sohasi rahbarlari zimmasiga ham katta mas'uliyat va vazifalar yukladi. Har qanday jamoada ishlayotgan xodimlarning haq-huquqlarini mehnat qonunlariga mos ravishda himoyalash, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash, mehnatlarini muhofaza qilish va albatta, mehnatiga yarasha rag'batlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishlarni amalga oshirishda esa kasaba uyushma tashkiloti asosiy o'rin tutadi.
Tuman Tibbiyot birlashmasi jamoasining haq-huquqlarini himoyalash va mehnat munosabatlarini tartibga solishda sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi ham qonun doirasida birmuncha ijobiy ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Aholiga tibbiy xizmat ko'rsatish madaniyatini oshirish, sifatini yaxshilash, tibbiyot sohasida xizmat qilayotgan 1 634 nafar xodimlarning samarali mehnatlarini rag'batlantirish, xodimlar va ularning farzandlari sog'ligini ishonchli himoyalash va tiklash, maroqli dam oldirish, moddiy yordamga muhtoj hamda kam ta'minlangan xodimlarni qo'llab-quvvatlash kabi masalalarda doimiy va samarali ish olib bormoqda.
Jamoada mehnat qonunchiligi talablarining to'laqonli bajarilishini ta'minlash maqsadida Tibbiyot birlashmasi xodimlarining haq-huquqlarini himoyalash, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini mustahkamlash, mehnatini muhofazalashga xizmat qiluvchi "Jamoa shartnomasi" qabul qilingan va shu asosda "Ichki mehnat tartibi" jamoatchilik ekspertizasidan o'tkazilib, tasdiqlangan.
Sog'liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan jamoada xotin-qizlar va yoshlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta'minlangan, nogironlar, nogiron farzandi bor xodimlarga, shuningdek, baynalminal jangchilar hamda ishda o'rnak ko'rsatib faoliyat yuritayotgan xodimlarga alohida e'tibor qaratilayapti. Birgina "Hamshira - 2023" ko'rik-tanlovini muvaffaqiyatli o'tkazish, hamshiralarning ko'rik-tanlovda faol ishtirokini ta'minlash, g'olib ishtirokchilarni rag'batlantirish, ko'rik- tanlovning viloyat bosqichida muvaffaqiyatli qatnashishiga ko'maklashish maqsadida kasaba uyushma mablag'lari hisobidan 5 mln so'm mablag' ajratildi. Shuningdek, Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan boshqalarga namuna bo'layotgan aholining olqishiga sazovor bo'layotgan 100 nafar ilg'or xotin-qizlarga sovg'a-salomlar berildi.

Har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi mamlakatimizda Tibbiyot xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Bayram munosabati bilan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, baholanadi. Xalqimiz salomatligini muhofaza qilish borasida jon-kuyarlik qilishayotgan tibbiyot xodimlarining bir guruhi shu kuni alohida taqdirlanishadi. Birgina o'tgan bayramda 100 nafar tibbiyot xodimga 12 mln so'mlik sovg'alar taqdim etildi.

Xodimlarimiz farzandlarining yozgi dam olish oromgohlarida hordiq chiqarishlariga ko'maklashish ham doimiy e'tiborimizda. Birgina o'tgan yili xodimlarimizning 28 nafar farzandlari oromgohlarda dam olib qaytishdi. 2023-yilda 50 nafar xodimlar murojaatlariga asosan sanatoriylarga imtiyozli yo'llanmalar berildi. 240 nafar xodimga Respub-likamizning diqqatga sazovor joylari - Toshkent shahri va Buxoro viloyatiga, shuningdek 100 nafar xodimlar Fozil Yo'ldosh o'g'li nomli uy-muzeyiga sayohatga borib qaytishdi.
Bu kabi ishlarimizning barchasi mamlakatimizda olib borilayotgan odilona siyosatning natijasidir. Barcha sohalarda bo'lgani kabi kasaba uyushmalarda ham islohotlar amalga oshmoqda. Shu bilan birgalikda sohamizga alohida e'tibor berilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 11-noyabr - "Kasaba uyushmalari kuni" deb e'lon qilinishi gapimiz isbotidir. Paytdan foydalanib barcha kasaba uyushmalari a'zolarini bayram bilan tabriklayman.
Shavkat TO'XTAYEV,
tuman Tibbiyot birlashmasi kasaba uyushmasi qo'mitasi raisi.