Yaqinda Samarqand shahrida sportning basketbol turi bo'yicha "O'-16" toifasidagi o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan viloyat chempionatida Bulung'ur sport maktabi yosh basketbolchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishib, faxrli 2-o'rinni egallashdi. Musobaqa davomida o'z mahoratlarini namoyish etgan shogirdlarim faxrli 2-o'rin sohibi bo'ldilar. Bu musobaqada Farrux Jo'rayev, Alimjon Tamarov, Fayzullo Abduxalilov, Elviz Seydametov, Muhammadnazar Maqsudov, Hojiakbar Samatov, Arsen Aydenov, Alijon Yaxshiliqov, Hakimjon Hamdamov, Doston Mirsadullayev, Islombek Karimjonov, Oybek Abduxalilov, Shodiyor Sa'dullayev, Javohir Hayitmurodov, Javohir Sherbekovlarning mahoratlari ishqibozlar va mutaxassislarda katta taassurotlar qoldirdi.
Musobaqa yakunida shogirdlarim tashkilotchilarning esdalik sovg'alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar. Shashti baland shogirdlarimning orzulari ulkan. Ular kelgusida tumanimiz va viloyatimiz sport sharafini Respublikamiz miqyosidagi musobaqalarda munosib himoya qilishadi, degan umiddaman.

Alisher NORMATOV,
Bulung'ur sport maktabi murabbiy-o'qituvchisi.
Bulung'ur sport maktabi murabbiy-o'qituvchisi.