Sportning "Taekvondo" turi bilan birinchi ustozim Qudrat Bakiyev rahbarligida 1999-yildan buyon shug'ullanib, ustoz darajasiga yetdim. 2019-yildan boshlab ustoz sifatida yosh avlodga sportning taekvondo turi bo'yicha saboq berib kelmoqdaman.
O'tgan davr mobaynida viloyat va Respublika birinchiligi musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sovrindorlar qatoridan joy oldim. Ayni paytda O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya universitetida 3-bosqich talabasi bo'lish bilan birga, Bulung'ur sport maktabida yoshlarga sportning taekvondo turi bo'yicha saboq bermoqdaman.
Yaqinda "Mingchinor" mahallasi hududidagi "Olimpiya" stadioni sport zalida sport maktabi birinchiligi musobaqalari bo'lib o'tdi. Unda muvaffaqiyatli ishtirok etgan yosh shogirdlarim viloyat birinchiligi musobaqalariga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Iqtidorli shogirdlarimdan biri Rayhona Ashirova O'zbekiston chempionatida faxrli 3-o'rinni egallagani hammamizni quvontirib yubordi. Shogirdim Rayhona Ashirova O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zosi sifatida keyingi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko'rmoqda.
Shu kunlarda 30 nafar shogirdlarim sportning taekvondo turi sirlarini qunt bilan o'rganishmoqda.

Muhiddin ARTIQOV,
Bulung'ur sport maktabi trener-o'qituvchisi.