Bolalar va o‘smirlar sport maktabining yunon-rum kurashi bo‘yicha tajribali murabbiyi Rabbim Tashanovning yosh shogirdlari yuksak cho‘qqilar sari dadil qadam tashlamoqdalar.
1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchilari Abdulla Alisafarov va Temur Abdurahimovlar 29-32 kilogramm vazndagi barcha tengdoshlarini ortda qoldirib, tuman va viloyat chempioni bo‘ldilar. Yosh polvonlar o‘tgan ikki yil davomida murabbiy Rabbim Tashanov rahbarligida sportning yunon-rum kurashi sirlarini qunt bilan o‘rgandilar. Shu bois yosh polvonlar Toshkent, Gagarin, Jizzax, Oqqo‘rg‘on, Farg‘ona shaharlarida bo‘lib o‘tgan birinchiliklar, xotira turnirlari va xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, sport mutaxassislarining nazariga tushdilar.
Ayni paytda yosh polvonlar Samarqand shahridagi “Yoshlik” sport saroyida tajribali murabbiylar boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi birinchiligi musobaqalariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqdalar.
- Shogirdlarimning yutug‘i menga qanot bag‘ishlaydi, - deydi sport murabbiyi Rabbim Tashanov. - Murabbiy ko‘rsatmalarini maromiga yetkazib shug‘ullanayotgan, g‘ayrati ichiga sig‘may borayotgan, mehnatsevar yosh polvonlarning kelajagi porloq. Ular kelgusida jannatmonand yurtimiz bayrog‘ini jahon uzra baland ko‘taradilar degan umiddaman. Bunday serg‘ayrat shogirdlarim - mening qanotlarim. Ular bilan haqli ravishda faxrlanaman.

Rabbim HOTAMOV.