Samarqand shahridagi Panjob yakka kurash sport zalida sportning yunon-rum kurashi bo'yicha bo'lib o'tgan viloyat chempionatida tumanimizning yosh, iqtidorli polvonlari yuksak natijalarni qo'lga kiritdilar.
2006-2007 yillarda tug'ilgan kichik yoshlilar o'rtasidagi musobaqada Sarvarbek Eshboev 65 kilogramm vazndagi barcha tengdoshlarini dog'da qoldirib, viloyat chempioni bo'ldi. 2003-2005 yillarda tug'ilgan yosh polvonlar o'rtasidagi musobaqada Samandar Salimboev 97 kilogramm vazn toifasidagi polvonlar ustidan sof g'alaba qozonib, viloyat chempioni bo'ldi.

Shuningdek, viloyat miqyosidagi ushbu nufuzli musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etgan Javohir Qo'ldoshev, Sardorbek Qosimov, Shovqiddin Tursunov, Otabek Abdusaidov, Zavqiddin Haydarov kabi polvonlarimiz faxrli ikkinchi o'rinni egalladilar. Birinchi va ikkinchi o'rinlarni egallagan yosh polvonlarimiz O'zbekiston Respublikasi sport ustaligiga nomzod bo'lish bilan birgalikda viloyat terma jamoasi safiga qabul qilindilar. G'olib polvonlarni viloyat sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Shuhrat Ro'ziev qizg'in tabriklab, ularga esdalik sovg'alari va diplomlarni topshirdi.
Shu kunlarda yosh polvonlarimiz trener-o'qituvchilar Rabbim Tashanov, Zavqiddin Xo'janov, Sharof Mamatqulovlar rahbarligida Samarqand shahrida va Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida bo'lib o'tadigan Respublika chempionati musobaqalariga qizg'in tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Rabbim HOTAMOV.