Mustaqil yurtimiz asoschisi, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan sportning yunon-rum kurashi bo‘yicha tuman birinchiligi musobaqalari Mingchinor massividagi Bolalar va o‘smirlar sport maktabining sport zalida bo‘lib o‘tdi. 2005-2012-yillarda tug‘ilgan 200 nafardan ortiq 26-100 kilogrammgacha vazndagi yosh polvonlar o‘zaro bellashdilar.
Kurash ishqibozlari va tomoshabinlarda katta taassurotlar qoldirgan bu musobaqada Rabbim Tashanov, Zavqiddin Xo‘janov, Yo‘ldosh , Murod Olimjonov, Oybek Qoratoev, Lochin Jo‘raev, Sharof Mamatqulov kabi murabbiylarning shogirdlari Mirzajon Xoldorov, Sarvar Eshboev, Kattabek Ergashev kabi yosh polvonlar tuman chempioni bo‘lishdi.
Bolalar va o‘smirlar sport maktabi homiyligida o‘tgan bu musobaqa g‘oliblariga, 1, 2 va 3-o‘rinni egallagan yosh polvonlarga sport maktabining faxriy yorliqlari, diplomlari va esdalik sovg‘alari ishqibozlarning qizg‘in olqishlari ostida topshirildi.
Rabbim HOTAMOV.