"Bulung'ur" MFY hudu-dida joylashgan Bulung'ur sport maktabida ayni paytda jami 1286 nafar tuman yoshlari, shundan 320 nafar qizlar sportning 16 ta yo'nalishi bo'yicha, jumladan, yunon-rum kurashi, erkin kurash, boks, dzyu-do, taekvondo WT, para-taekvondo, badiiy gimnastika, yengil atletika, futbol, basketbol, voleybol, gandbol, shaxmat, sambo, kurash va o'zbek jang san'ati sport turlari bilan muntazam shug'ullanib kelishmoqda. Ushbu sportchilarga 43 nafar trener-o'qituvchilar sport sirlarini mukammal o'rgatishmoqda.
Yosh iqtidorli sportchilarimiz viloyatimiz tumanlarida, Samarqand shahrida hamda Respublika miqyosidagi bo'lib o'tayotgan barcha nufuzli musobaqalarning doimiy ishtirokchisiga aylangan.
Ana shunday musobaqalarda sportning boks turi bo'yicha Umida Yaxshiboyeva, Kamron Egamberdiyev, Sarvinoz Abduamitova, yunon-rum kurashi bo'yicha Mehroj Mamatov, Akobir Suyunov, Jahongir Kenjaboyev, Azamat O'rolovlar sovrindor va g'oliblar qatoridan munosib joy olishdi.
Yaqinda Samarqand shahrida sportning basketbol turi bo'yicha U-18 toifasidagi 2005-yilda tug'ilgan va undan kichik yoshdagi o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan O'zbekiston chempionatimusobaqasida Sport maktabining basketbol bo'yicha trener-o'qituvchisi Alisher Normatovning shogirdi Bahodir Lapasov munosib ishtirok etib, umumjamoa hisobida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Javohir Latipov va Muhammadnazar Majidovlar O'zbekiston basketbol terma jamoasi zaxira tarkibiga qabul qilingan.
Erkin kurash sport turidan Jasurbek Bahriddinov O'zbekiston terma jamoasi zaxira tarkibiga, taekvondo sport turidan Sevinch O'razaliyeva hamda para-taekvondo sport turidan Umida Mamarajabova O'zbekiston terma jamoasi asosiy tarkibiga qabul qilingan.
Voleybolchilarimizdan Nurziyo Yaxshiboyev, Islom Turonov, Izzatullo Ibragimov va Jamshid Turabovlarning mahoratlari olqishlarga sazovor bo'ldi. Shuningdek, sport maktabimizning yosh sportchilari tumanimiz, viloyatimiz va O'zbekiston Respublikasi sport sharafini Osiyo chempionatlarida, jahon Olimpiadasi musobaqalarida munosib himoya qilishmoqda. Kelajagi porloq sportchilarni tarbiyalashda ko'p yillik tajribali trener-o'qituvchilarimizdan Botir Turobov, Rabbim Tashanov, Oyista Alimova, Qudrat Bakayev, Sanjar Qo'ldoshev, Keldibek Djurabayev, Sherzod Berdanov, Farrux Usmanov, Alisher Normatov, Aziza Qoraboyeva, Odilbek Mamarahimov, Ozodjon Hotamov, Javlonbek Qarshiboyev, Murod Olimjonov Ruxsora va Rohila Muhammadova kabilar samarali mehnat qilishmoqda.
Tumanimiz iftixorlari bo'lgan sportchilarimizdan yunon-rum kurashi bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, 3 karra Olimpiyada o'yinlari ishtirokchisi Mo'minjon Abdullayev va boks sport turi bo'yicha xotin-qizlar o'rtasida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida Osiyo chempioni bo'lgan Sitora Turdibekova hamda para-taekvondo sport turi bo'yicha faxrli o'rinlarini qo'lga kiritgan Sanjar Muxtorov, shuningdek, futzal bo'yicha O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bosh treneri Shuhrat Tojiboyevlar tumanimiz faxri hisoblanishadi.
Kundan kunga mahorati sayqallashib borayotgan yosh sportchilar tumanimizda o'tayotgan hamma tadbirlarda faol ishtirok etishib, sport ishqibozlarining samimiy olqishlariga sazovor bo'lishmoqda.
Bulung'ur sport maktabi jamoasi va yosh sportchilari tadbir va musoboqalardan tashqari sport maktabi hovlisi atrofi hamda tumanimizning barcha hududlarida amalga oshirilayotgan obodonchilik ishlarida muntazam ravishda ishtirok etishmoqda.
Bulung'ur sport maktabi jamoasi kelgusida bir qancha yutuqlarni qo'lga kiritishni hamda kuchli sportchilarni tayyorlashni o'z oldiga maqsad qilib, "Yangi hayot uchun, Yangi O'zbekiston uchun!" shiori ostida Vatanimiz ravnaqi uchun sidqidildan mehnat qiladilar.

Sharof MAMATQULOV,
Bulung'ur sport maktabi direktori.
Bulung'ur sport maktabi direktori.