Mamlakatimizda so'nggi yillarda aholi bandligi masalasida, mehnat munosabatlarini tartibga solish, uning qonunchilik asoslarini takomillashtirish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu nuqtayi nazardan, Mehnat Kodeksi mehnatga oid munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladigan asosiy qonun hisoblanadi. Lekin qabul qilinganiga 25 yil to'lgan mazkur Kodeks bugungi kun talabiga javob bermay qoldi. Unda fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi turli xil shakllarining faol rivojlanishi kabi bir qator masalalar hisobga olinmagan. Amaldagi Kodeks 294 moddadan iborat bo'lib, unda ishlamaydigan havolaki normalar ham talaygina. So'nggi yillarda mehnat bozoridagi vaziyat ham o'zgardi, qabul qilingan sohaga oid qator normativ-huquqiy hujjatlar asosida ko'pgina yangi institutlar, yangi mexanizmlarning amaliyotga kiritilganligi Kodeksni yangi tahrirda qabul qilish zaruratini tug'dirdi. Yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi loyihasi 2 qism, 34 bob va 621 moddadan iborat.
Qonunning asosiy jihati - u to'g'ridan to'g'ri ishlaydigan xususiyatga ega bo'lib, qo'shimcha qonunosti hujjatlarni qabul qilishni talab etmaydi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarga, fuqarolik, oilaviy va boshqa bir qator huquq sohalari to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan.
Umuman, ushbu hujjat mazkur sohadagi qator muammolarni, mehnat bozoridagi vaziyatni inobatga olib, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda qonuniy hal qilishda huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi, deb belgilab qo'yilgan.

Bahrom KENJAYEV,
tuman adliya bo'limi YHKM bosh yuristkonsulti.