Davlatimiz rahbarining 2023-yil 7-fevraldagi PQ-46-sonli Qarori bilan respublikamizda Inson huquqlari sohasidagi milliy ta’lim dasturi tasdiqlandi.
O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash borasida maqsadli choralar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida ta’limni takomillashtirish yuzasidan muhim qadamlar qo‘yilmoqda.
2020-2024 yillarda inson huquqlari sohasida ta’lim berish orqali yoshlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi amalga oshirilmoqda.
Inson huquqlari sohasidagi ta’lim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini rag‘batlantirish va unga har tomonlama rioya etilishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etib, zo‘ravonlik va nizolarning oldini olishda ham muhimdir.
Shundan kelib chiqib, mamlakatimizda inson huquqlari sohasidagi ta’limni yanada takomillashtirish, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish asosiy maqsad qilib olindi.
2020-2024 yillarda inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturining to‘rtinchi bosqichi amalga oshirilmoqda. Ushbu bosqich yoshlarni tenglik, inson huquqlariga amal qilish va kamsitmaslik ruhida tarbiyalash hamda inklyuziv, tinch va osoyishta jamiyatni yaratishga imkon beruvchi ta’lim berishga qaratilgandir.
Inson huquqlari madaniyatini shakllantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashi tomonidan 2019-yil 15-iyulda BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar dasturi va uning ijrosi yuzasidan «yo‘l xaritasi» qabul qilindi.
Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va baholash tartibi o‘rnatildi. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz huzurida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari xodimlari uchun inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil qilindi.
Inson huquqlari sohasida oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, shuningdek, ushbu yo‘nalishda fundamental tadqiqotlarni rivojlantirish maqsadida «Inson huquqlari» (yuridik fanlar, sotsiologiya fanlari) ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim instituti tashkil qilindi.
Ta’kidlash joizki, bugungi kunda davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ta’lim muassasalarini aholi o‘rtasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va unga rioya qilish tamoyillarini ommalashtirish, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini ta’minlash jarayoniga keng jalb etish zarurati yuzaga keldi.
Jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining shakllanishi, xalqaro tashkilotlar tavsiyalarining bajarilishi uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari xodimlarining inson huquqlari bo‘yicha malakasini oshirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish lozim.
Xalqaro hujjatlar doirasida mamlakatimiz zimmasiga olgan majburiyatlarni, shuningdek, pandemiya va uning oqibatlari natijasida yuzaga kelgan tahdidlar va muammolarni inobatga olib, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasida belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish maqsadida, o‘zida yangi yondashuvlarni, yangi metodologiyalarni va amaliyotni aks ettirgan inson huquqlari bo‘yicha ta’limni tashkil etish masalasi kun tartibiga qo‘yilmoqda.
Sohadagi kamchiliklar mamlakatimizda aholining, ayniqsa, yoshlarning inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirishga, ularda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining shakllanishiga, davlat xizmatchilarining inson huquqlari va gender tenglik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarining oshishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini qabul qilish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu Milliy ta’lim dasturi inson huquqlari sohasida axborot berish, ma’rifat va o‘qitish tizimini bosqichma-bosqich kengaytirish va takomillashtirishga, kadrlar tayyorlash tizimini milliy qonunchilik va xalqaro standartlar talablari asosida sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

J.FAYZULLAYEV,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining raisi.