“Choʻyantepa” mahallasidagiMoʻgʻol qishlogʻida 18 ta koʻchalar mavjud boʻlib, bu hududda jami 3 301 nafar aholi yashaydi. Mahalliy aholi asosan uzumchilik bilan shugʻullanadi...
Yoʻlingiz tushib tuman markazidan ancha olisdagi “Choʻyantepa” mahallasiga borib qolsangiz koʻnglingiz yayraydi. Mahallaning markaziy koʻchasida qurilgan zamonaviy turar-joy binolari, aholiga xizmat qilayotgan savdo doʻkonlari, dorixonalar, maishiy xizmat uylari, oilaviy shifokorlar punkti, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatuvchi ustaxonalar aholiga beminnat xizmat koʻrsatmoqda.

29 nafar tadbirkorlar tashabbusi va jonkuyarligi sababli mahallada goʻsht doʻkoni, 2 ta dorixona, tukuvchilik sexi, 1 ta maktab, 3 ta oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti, 1 ta DMTT, 15 ta savdo doʻkoni, 3 ta sartaroshxona, 2 ta avtoustaxona, 2 ta avtoyuvish shoxobchasi, 2 ta toʻyxona, 1 ta kichik bazmlar uchun kafe, 3 ta oshxona, 1 ta har juma kunlari boʻladigan Dehqon bozori aholi xizmatida.

- Oila tinchligi - yurt farovonligi, deb bejiz aytilmagan, - deydi “Choʻyantepa” MFY xotin-qizlar faoli Dilafroʻz Irisqulova. - Mahallamizdagi 1 522 nafar xotin-qizlarimiz hayoti, salomatligi, tinchligi doimiy eʼtiborimizda. Oilaviy shifokorlar, qoʻli em hamshiralar, keksa onaxonlarimiz va har bir oiladagi xotin-qizlar bilan dildan suhbatlashamiz. Ularning dardiga quloq solib, tegishli maslahatlar berib borayapmiz. Shu sababli mahallamiz xotin-qizlari bir-biriga mehribon, mehr-oqibatli boʻlib, farovon yashashmoqda.

Shu kunlarda Respublikamiz boʻyicha oʻtkazilayotgan “Yashil makon” doirasi asosida shaharga aylanib borayotgan Choʻyantepa mahallasi hududida ham keng koʻlamli kuzgi daraxt ekish ishlari amalga oshirilmoqda. Boʻsh qolgan maydonlar, yoʻl chekkalari, maktab va bogʻchalar, hovlilarda turli xil mevali va manzarali daraxt koʻchatlari, anvoyi gullar qalamchalari ekish ishlari qizgʻin bormoqda.
Rabbim HOTAMOV.