2018-yil:
55 ta mahalla,
28389 ta xonadon,
37297 ta oila,
20 ta MTM,
68 ta umumta'lim maktabi,
8 ta kollej,
390 ta sport inshooti,
57 ta zamonaviy uy-joy,
99 ta sanoat korxonasi,
629 ta kichik biznes sub'ektlari,
2933 ta fermer xo'jaligi mavjud.
Aholi soni 177087 nafarni tashkil etadi.
Tumanda 5 ta mahsulot eksport qiluvchi korxona faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda ushbu korxonalar 3480 gektar maydonda klaster usulida mahsulot yetishtirib, eksport qilish bo'yicha ish boshladi.
Birgina "Bulung'ur Sandvik" qo'shma korxonasi bir kunda 50 tonna meva va sabzavotlarni qabul qilish va qayta ishlash quvvatiga ega. Shuningdek, tumandagi va qo'shni tumanlardagi 2 mingdan ortiq fermer xo'jaliklaridan mahsulot qabul qiladi. Joriy yilning birinchi choragida chet davlatlarga 491,9 tonna quritilgan qishloq xo'jalik mahsulotlari jo'natdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-apreldagi "O'zbekiston Respublikasida urug'chilik tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori asosida tumanda kartoshka urug'chiligi markazi ish boshlaydi. Bu maqsadlar uchun davlatimiz tomonidan 21 milliard so'm miqdorida kreditlar ajratilgan.
Tumanda asosiy e'tibor 17 ming gektarlik lalmi maydonlarni o'zlashtirishga qaratilgan.
Ijtimoiy tarmoqlar ob'ektlarining bugungi holati va ijtimoiy infrastrukturasini yanada rivojlantirish, ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash uchun 40,1 milliard so'm mablag' ajratilishi ko'zda tutilmoqda.
Tumanda "Obod qishloq" dasturiga ikkita - Kattaqishloq va Qizilqo'rg'on qishloqlari kiritilgan.
Kattaqishloqni obodonlashtirish uchun 3 milliard so'm mablag' ajratilgan. Uning bir qismi Respublika budjetidan, qolgani esa "Obod qishloq" fondi va mahalliy budjetdan ta'minlanadi.
* * *
2019-yilda "Obod qishloq" davlat dasturi ijrosi bo'yicha dasturga kiritilgan "Changal", "Yangiqishloq" va "Mehnatobod" qishloqlaridagi 622 ta xonadonlarda yashovchi 4279 nafar aholining turmush darajasini yaxshilash uchun:
- "Mehnatobod" qishlog'ida 30 dona,
- "Changal" qishlog'ida 20 dona,
- "Yangiqishloq" qishlog'ida 20 dona tungi yoritish chiroqlari o'rnatildi.
4 ta suv inshooti rekonstruksiya qilindi. 1 ta yangi suv inshooti qurildi, 7 ta transformatorlar ta'mirlandi, 3 ta yangi transformator o'rnatildi, 2 ta umumta'lim maktabi rekonstruksiya qilindi. 48 ta arzon uy-joylar qurildi. 1 ta Bolalar musiqa va san'at maktabi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Tuman hududida joriy yil davomida jami 14,7 mlrd. so'mlik 86 ta uy-joylar qurilishi belgilangan bo'lib, shundan:
- Yangiariq mahallasida 2 ta 4 qavatli, 48 xonadonga mo'ljallangan (6,6 mlrd. so'm);
- Olmazor mahallasida 38 ta (2 sotixli, 3 xonali) arzon uy-joylarda qurilish ishlari olib borilmoqda. (8,1 mlrd. so'm).
Dasturga asosan 2019 yilda loyiha qiymati 1,2 mlrd. so'mlik 5 ta yangi suv inshooti qurilib, 1 ta suv inshooti rekonstruksiya qilindi va 8,18 km. suv tarmog'i qurilib, foydalanishga topshirildi.
Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida qiymati 50,5 mlrd. so'mlik 22 ta loyiha amalga oshirilishi natijasida 225 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.
Eksport rejasi 26,7 ming dollar bo'lib, shundan sanoat mahsulotlari 1, 335 ming dollar va meva-sabzavot mahsulotlari 25.440 ming dollar etib belgilangan. Joriy yilning yanvar-sentabr oylari davomida sanoat va meva-sabzavot mahsulotlari eksporti 22. 500 ming dollarga bajarildi.
Tumanda jami 1192 ta fermer xo'jaliklari mavjud bo'lib, shundan 805 ta g'alla-sabzavotchilik, 45 ta sabzavot-polizchilik, 282 ta bog'dorchilik-uzumchilik, 30 ta chorvachilik va 30 ta boshqa yo'nalishlardagi fermer xo'jaliklari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. G'alla topshirish rejasi 118,7 foizga bajarildi.
Tumanda Bandlikka ko'maklashish markazi tomonidan 2019-yil boshidan buyon 875 nafar xotin-qizlarning ish bilan bandligi ta'minlangan. Shundan bo'sh va kvota ish joylariga 530 nafar, hududda tashkil etilgan kichik korxonalar tashkil etish ishlariga 33 nafar, ipak qurtini parvarishlash bo'yicha band bo'lgan xotin-qizlar 35 nafar, boshqa yo'nalishlar bo'yicha 158 nafar xotin-qizlar ishga joylashtirilgan.
"Hunarmand" uyushmmasi tomonidan 58 nafar xotin-qizlar ro'yxatdan o'tib, 125 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlanib, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelmoqda.
* * *
2020-yilning birinchi yarmida 107. 512.777 milliard so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi. Tumanda 221 ta katta-kichik sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Korxonalarning 16 tasi to'liq quvvatda, 27 tasi yarim quvvatda ishlamoqda. Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi yo'nalishida 249 ta, sanoat yo'nalishida ham 249 ta, savdo sohasida 474 ta, qurilish sohasida 69 ta, umuman 2643 ta tadbirkorlik sub'ektlari faoliyat yuritmoqda. Ularning 1299 tasi kichik biznes sub'ektlari bo'lsa, 1344 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlar hisoblanadi. Yil boshidan buyon tumanda 366 ta yangi xo'jalik sub'ektlari tashkil etildi. Ulardan 261 tasi MChJ, 80 tasi oilaviy va 26 tasi xususiy korxona hisoblanadi.
Yil yakuniga qadar sanoatda ishlab chiqarish hajmini 617 million so'm, ishloq xo'jaligi sohasida 2 trillion 768 milliard so'mga oshirishni rejalashtirganmiz.
Banklar tomonidan 5529 ta yuridik va jismoniy shaxslarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 159 milliard 734 million so'm kredit ajratildi.
3300 dan ziyod fuqarolarimiz qishloq xo'jaligi, savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish sohalarida doimiy ish o'rniga ega bo'ldi. Jumladan, 577 nafar norasmiy ishchi va xodimlarning ish o'rni qonuniy rasmiylashtirildi. 127 nafar fuqaro mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan yangi kasblarga o'qitildi.
* * *
2021-yilning shu davriga nisbatan 2940 ta tadbirkorlik sub'ektlari faoliyat ko'rsatmoqda. 93 ta yangi xo'jalik sub'ektlari, jumladan 49 ta MChJ, 36 ta oilaviy va 6 ta xususiy korxona, shuningdek, 2 ta ishlab chiqarish kooperativlari yangidan tashkil etildi.
"Har bir oila tadbirkor" yo'nalishi bo'yicha 889 ta loyihaga 20,4 mlrd. so'm, "Fermer jamg'armasi" yo'nalishi bo'yicha 3 ta loyihaga 251 mln. so'm, "Yoshlar kelajagimiz" yo'nalishi bo'yicha 5 ta loyihaga 29 mln. so'm kredit mablag'lari ajratildi. Yilning shu paytiga qadar 583 nafar norasmiy ishlab kelayotgan ishchi-xodimlar legallashtirildi. Aholining ishsiz qatlamini ish bilan ta'minlash maqsadida 288 ta yangi ish o'rinlari tashkil etilib, ishsiz fuqarolar bandligi ta'minlandi. Shundan 45 nafari kvota ish o'rinlariga joylashtirildi. 117 nafar ishsiz fuqarolar mavjud kasb-hunar maktablarida o'qitildi.
Dasturga asosan 2021-2022 yillarda umumiy qiymati 463 mlrd. 395 mln. so'mlik 76 ta hududiy investitsiya loyihalarining manzilli ro'yxati shakllantirildi. Dasturga ko'ra 1007 ta yangi ish o'rinla ri tashkil etish belgilangan. 2021 yilda umumiy qiymati 359,2 mlrd. so'mlik 72 ta loyiha ishga tushiriladi. Uning natijasida 844 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi.
"Obod qishloq" Dasturiga asosan Birlik va Farmontepa qishloqlari dasturga kiritilgan. Birlik qishlog'ida 225 ta xonadonda 1297 nafar fuqaro, Farmontepa qishlog'ida 145 ta xonadon, 813 nafar aholi istiqomat qiladi.
Dastur doirasida Birlik va Farmontepa qishloqlariga 15,1 mlrd. so'm mablag' ajratilishi rejalashtirilgan bo'lib, shundan Respublika budjetidan - 7,9 mlrd. so'm, suv ta'minoti uchun 1,4 mlrd. so'm, ijtimoiy soha ob'ektlariga 3,6 mlrd. so'm, mahalliy budjetdan 7,2 mlrd. so'm, obodonlashtirish ishlariga 726,2 mln. so'm, irrigatsiya tarmoqlariga 200 mln. so'm, MFY binolarini qurish va rekonstruksiya qilishga 2,0 mlrd. so'm, tarmoq korxonalari hisobidan 350 mln. so'm, elektr ta'minoti uchun 294 mln. so'm, gaz ta'minoti uchun 56 mln. so'm, aholi va tadbirkorlar hisobidan 730 mln. so'm, maishiy xizmat ob'ektlari qurishga 150 mln. so'm, savdo majmuasini tashkil etishga 580 mln. so'm ajratilishi rejalashtirilgan.
Tumanda 2021 yilning 9 oyida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko'rsatkichlari:
- sanoat ishlab chiqarish hajmi - 333,3 mlrd. so'm (o'sish 104,6 %);
- qishloq xo'jaligi sohasida ishlab chiqarish hajmi - 2 trln. 442 mlrd. so'm (o'sish 100,6 %);
- qurilish-pudrat ishlari hajmi - 191,6 mlrd, so'm (o'sish 127,2 %);
Ko'rsatilgan jami xizmatlar hajmi - 358,4 mlrd, so'm (o'sish 118,7 %)ni tashkil etmoqda.
Yil yakuniga qadar:
- sanoat ishlab chiqarish hajmi - 616,1mlrd. so'mga (127,8 %);
- qishloq xo'jaligida - 3 trln. 743 mlrd. so'mga (135,2 %);
- ko'rsatilgan jami xizmatlar hajmi - 520,3 mlrd so'mga (135,2 %);
- qurilish-pudrat ishlari hajmi - 354,5 mlrd. so'mga (119,8 %) ortig'i bilan bajariladi.
* * *
2022-yilda tumanning asosiy ko'rsatkichlari bo'yicha:
- sanoat mahsulotlari 445,9 mlrd. so'mlik ishlab chiqarilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 112,8 foiz o'sishga erishildi;
- qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish 2779,0 mlrd. so'mni tashkil qilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 101,8 foiz o'sish kuzatildi;
- jami xizmat ko'rsatish hajmi 441,8 foizni tashkil etdi va o'tgan yilning mos davriga nisbatan 112,2 foizga o'sdi;
- qurilish ishlari hajmi 182,3 mlrd. so'mni tashkil etdi va o'tgan yilning mos davriga nisbatan 102,7 foizga o'sdi;
- aholi bandligini ta'minlash bo'yicha 42303 ta ish o'rinlarini yaratish rejalashtirilgan bo'lib, amalda 43 taga yoki 101 foizga bajarildi;
- Joriy yilda 468 ta yangi kichik biznes sub'ektlari va 1194 ta yakka tartibdagi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etildi.
Bugungi kunda tumanda tadbirkorlik sub'etlari soni 4542 ta (2118 ta kichik biznes sub'ektlari, 2424 ta YaTT) ga yetdi.
Tijorat banklari tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivoj-lantirish bo'yicha 2277 ta loyihaga 47 mlrd. 249 mln. so'mlik imtiyozli kreditlar ajratildi.
- Yanvar-sentabr oylaridla 689 ta loyihalarda 9142 nafar fuqarolar bandligini ta'minlash belgilangan bo'lsa, amalda 1563 nafar aholi bandligi ta'minlandi. Jumladan, xizmatlar sohasida 4523 nafar fuqarolar o'zini-o'zi band qildi, 2399 nafari legallashtirildi;
- qishloq xo'jaligiga qiziqadigan 1826 nafar yoshlarga yer maydonlari ajratib berildi;
- o'zini-o'zi band qilish va tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan 333 nafar yoshlarga asbob-uskunalar olib berildi;
- "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 42 nafar ishsiz yoshlar doimiy ish o'rinlariga joylashtirildi;
-"Yoshlar daftari"ga kiritilgan, tad-birkorlik qilib o'z biznesini boshlash istagida bo'lgan 66 nafar yoshlarga tuman tijorat banklaridan kreditlar ajratildi;
- zamonaviy kasblar hamda xorijiy tillarga o'qish istagida bo'lgan 47 nafar yoshlarga o'qish xarajatlari qoplab berildi.
Tuman Tibbiyot birlashmasida "Tumanlararo qo'shma shikastlanishlar va o'tkir qon-tomir kasalliklari markazi" Gemodializ bo'limi faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida 8 mlrd. 282 mln. so'mlik tibbiy jihozlar keltirildi.
Tumanda 69 ta umumta'lim maktablarida 2022-2023-o'quv yilining kuz-qish mavsumiga tayyorlash uchun 3,343 mlrd. so'm mablag' ajratildi.
3-7 yoshli bolalar 17.680 nafarni tashkil qilib, 28 ta davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari, 8 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktagacha ta'lim tashkilotlari, 130 ta nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlariga jami 12208 nafar 3-7 yoshli bolalar qamrab olingan.
2022 yilda yangi tashkil etilgan 11 ta nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda 26 ta umumta'lim maktablarida tashkil etilgan 37 ta majburiy bepul bir yillik tayyorlov guruhlariga jami 11 ta ish o'rinlari yaratildi.
Cho'yantepa MFYda "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturi doirasida 60 o'rinli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, yil yakunida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Tumanda jami 1 million 109 ming tup mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilishi ko'zda tutilgan. O'tgan yili noyabr-dekabr oylarida "Dolzarb qirq kunlik" e'lon qilindi va 58100 tup har xil turdagi ko'chatlar ekildi.
To'lqin SHERBOYEV tayyorladi.