Prezidentimizning 2021-yil 3-dekabrdagi "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo'yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori asosida hokim yordamchilari lavozimi joriy etilishi mahallada istiqomat qilayotgan har bir fuqaro va davlat o'rtasida o'zaro muloqotini kuchaytirib, fuqarolarning muammo va kamchiliklarini yaqindan o'rganishga imkon bermoqda.
"Qo'ng'irot" MFY 6 ta qishloqdan iborat bo'lib, umumiy yer maydoni 94 gektarni tashkil etadi. Aholi soni 3349 nafar bo'lib, o'zbek millatiga mansub. Xonadonlar soni 645 ta va oilalar soni 828 tani tashkil etadi.
Mahalla ahli asosan ko'chatchilik va sav-zavotchilikka ixtisoslashgan bo'lib, 645 ta xonadonning 182 nafari ko'chatchilik bilan shug'ullanayotgan bo'lsa, Prezidentimizning qarori asosida joriy etilgan hokim yordamchisi borgandan keyin 2 hissaga ko'paydi, ya'ni aholi daromadlari oshirilishida ko'mak berilmoqda. Tomorqa yerlaridan faydalanish madaniyati va 3 marta hosil olish bo'yicha turli seminarlar tashkil qilib kelinmoqda. Namuna sifatida Anorova Shahnoza xonadoni bunga yaqqol misol bo'la oladi.
Ish faoliyatim davomida bugunga qadar 513 ga yaqin fuqarolarning turli yo'nalishlarda bandligi ta'minlandi. 128 nafar fuqarolarga turli yo'nalishlarda imtiyozli kreditlar ajratildi va maqsadli ishlatilishi ta'minlandi. "Qo'ng'irot" MFY hududida 17 ta yuridik va 27 ta YaTT faoliyatlari yo'lga qo'yildi. 5 ta xizmat ko'rsatish obektlari va 3 ta savdo do'konlari faoliyati yo'lga qo'yildi. K-savdo bo'yicha 7 ta lot savdoga chiqarildi. 78 nafar ishsiz fuqarolar kasb-hunarga o'qitildi. 132 nafar fuqarolarimiz o'zini o'zi band qildi. 236 nafar fuqaroga mahalladan dehqon xo'jaliklari tashkil etildi, ularga 25 ga yer maydoni ajratilib berildi.
"Temir daftar"dagi oilalarning 18 nafariga subsidiya asosida asbob uskunalar olib berildi. "Ayollar daftari"dagi 56 nafar fuqaroga moddiy yordamlar ko'rsatildi. 2 nafariga kredit asosida 2 ta tikuv mashinasi olib berildi, 8 nafar ehtiyojmand ishsiz fuqarolarning har biriga 202 kg dan kartoshka urug'i olib berildi. Mahalladagi ishsiz fuqarolar va ishsiz yoshlardan 78 nafariga dehqonchilik uchun uzoq muddatga ijaraga yer olib berildi.
Eng muhimi, mahallamizda tadbirkorlikka qiziquvchi namunali oilalar, yoshlar ko'payib bormoqda. Shu bois ham bu yilgi ishlarimizning samarasini yanada kengroq olib borishimizda fuqarolarimizga yaratilayotgan imkoniyatlarni tadbirkorlikka, ishsiz fuqarolarimiz bandligini kengaytirishga qaratish bosh maqsadlarimizdan biri bo'lmoqda.

Jasur MISIROV,
"Qo'ng'irot" mahallasi hokim yordamchisi.