Toʻqsonbosti usulida ekilgan sabzavot ekinlari urugʻlari erta koʻklamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta hosil beradi.
Takroriy ekinlardan boʻshagan dalalar obdon shudgorlanishi shart. Shundagina “toʻqsonbosti” ekinlar urugʻi yerga “oʻrnashadi”. Qolaversa, urugʻ yetarli chuqurlikka tushsagina, qishki qattiq sovuq taʼsiridan omon qoladi.
Sabzavot urugʻlari ekilgan egatlar ustidan chirigan mahalliy oʻgʻitlar yoki daraxt qipiqlari bilan mulchalash yoki shaffof plyonka bilan qoplansa, urugʻlar yogʻin, havodagi namlik taʼsirida asta-sekin boʻrtadi va sovuqqa chiniqadi. Bu usul erta bahorda havo harorati noqulay, past boʻlishiga qaramay, unib chiqqan maysalarning jadal oʻsib, rivojlanishini taʼminlaydi. Natijada erta bahorda ekishga qaraganda hosil yetilishi 25-30 kungacha ertaroq, hosildorligi esa 15-20 foizga ortiqroq boʻladi.
Kech kuzda sovuq va namgarchilik boshlanmasdan oldin toʻqsonbosti usulida ekish uchun noyabr oyining oxiri, dekabr oyining birinchi dekadasida sovuqqa chidamli sabzavot ekinlaridan sabzi, piyoz, osh lavlagi, koʻkat sabzavotlar (ismaloq, ukrop, petrushka, selderey, kashnich, salat) ekinlarining urugʻlari sepiladi. Toʻqsonbosti qilib sepiladigan sabzavot urugʻlar sarfi 20 foizgacha koʻproq boʻlishi kerak. Qolaversa, yuqorida aytilganiday, urugʻ yerga kerakli meʼyorda tushishi, noʻxat 8 santimetr, kartoshka 10-15 santimetr chuqurlikda ekilishi lozim. Sabzi, sholgʻom, turp, lavlagi va boshqa ildizmevalilar urugʻi yuzasini 4-5 santimetr qalinlikda tuproq bilan koʻmish va ustiga organik qoldiqlar sepib qoʻyish yaxshi samara beradi.
Bu muddatda sepilgan sabzavot ekinlarining urugʻlari qish mavsumida unmaydi. Qishki yogʻingarchiliklar natijasida urugʻlar tuproqdagi namlikka toʻyinadi va havo harorati 4-5 daraja boʻlganda koʻklamda barvaqt, begona oʻtlar urugʻlaridan oldin yer nami bilan unib chiqa boshlaydi. Harorat 18-20 daraja boʻlganda toʻliq unadi.
Kuzda ekilgan sabzi, piyoz va lavlagining barglari koʻklamda ekilganiga qaraganda 1,5-2 baravar katta boʻlib, hosil 25-30 kun oldin yetiladi hamda hosildorligi gektaridan 14-15 foizgacha yuqori boʻladi. Bunda ushbu ekinlarning erkaklab ketmaydigan navlarini ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Respublikamizning ob-havo va tuproq sharoitiga qarab har bir viloyat uchun yangi rayonlashtirilgan, moʻl hosilli, sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan, zararkunanda va kasalliklarga chidamli, mexanizmlar yordamida ishlov berishga moslashgan, har bir ekish muddati uchun mos navlarni toʻgʻri tanlash lozim.

Hasan ISMOILOV,
tuman Oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻlimi

Fitosanitar nazorat va davlat inspektori.