Joriy yilning 26-yanvardan 20-fevraliga qadar e’lon qilingan “Dolzarb 15 kunlik” tadbirlari doirasida issiqxona egalariga tavsiyalar berilmoqda. Issiqxona — noqulay iqlim sharoitida ekinlarga sun’iy muhit (harorat, yorug‘lik, namlik va b.) yaratadigan inshoot. Asosan, mavsumdan tashqari davrlarda mahsulot yetishtirish, issiqxona va ochiq dala uchun ko‘chatlar o‘stirishga xizmat qiladi. Issiqxona oynaband yoki polimer plyonka, stekloplast va h. k. bilan o‘ralgan bo‘ladi. Yog‘och yoki temir, po‘lat, aluminiy kabi metall uskunalardan tiklanadi. Issiqxonalarning xilma-xil turlari mavjud. Ular foydalanish muddatlari va davomliligiga qarab — qishki hamda bahorgi; vazifasiga ko‘ra — ko‘chat o‘stiriladigan va sabzavot yetishtiriladigan; sabzavotlarni o‘stirish texnologiyasiga qarab — tuproqli va gidropon; ichki jihozlarga qarab — so‘kchakli va tuproqli turlarga bo‘linadi. Konstruktiv yechimi jihatidan issiqxonalar nur o‘tkazuvchi nishab tomonlari miqdorita qarab bir, ikki va ko‘p tomonlama nishabli turlarga bo‘linadi.
O‘zbekistonda asosan, pomidor, bodring, rezavor ekinlar, sabzavot o‘simliklari ko‘chati, shuningdek, limon va manzarali o‘simliklar issiqxonada yetishtiriladi. Yozi qisqa bo‘lgan o‘rta va shimoliy mintaqalarda issiqxonada turli sabzavot va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari yil bo‘yi o‘stiriladi, hosil olinadi va o‘simliklarning yangi nav hamda duragaylarini yetishtirish va boshqa ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
Qishki issiqxonalar yil bo‘yi foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda sabzavotlar bahorgi issiqxona, parniklar, ilitilgan yerlarla o‘stirish uchun ko‘chatlar yetishtiriladi. U metall yoki temir-betondan ishlanadi. Bahorgi issiqxonalar yengil kon-struksiyalardan, sabzavotlar yerda o‘stiriladigan qilib quriladi. Biologik issiqlik yoki quyosh nuri bilan isitiladi. Quyosh nuridan mukammal foidalanish uchun bir nishabli issiqxona tomi (qiyaligi 33—45°) janubiyga, ikki va ko‘p nishablarniki esa (29—33°) sharq va g‘arbga qaratib quriladi. Issiqxona shakli jihatidan ham fonarsimon, angar, blokli, so‘kchakli kabi bir necha turlarga bo‘linadi. Issiqxonalarda o‘simlik tuproqda (geoponika), tuproqsiz (yoki gidropika) muhitda o‘stirilishi mumkin. Tuproqli issiqxonalarda sabzavotlar bevosita yerda o‘stirilib, tuproq tagidan, biologik yoki texnikaviy usulda isitiladi yoki butunlay isitilmaydi. O‘simliklarga mexanizmlar yordamida ishlov berish va parvarishlash qulay.

SH.NOSIROV,
B.RAVShANOV,
Bulung‘ur tuman O‘simliklar karantini va himoyasi bo‘limi inspektorlari.