O‘simliklarning barchasida inson salomatligini tiklash uchun kerakli birikmalar, vitamin va minerallar bisyor. Ko‘pchilik o‘tkir hidi uchun xushlamaydigan, ammo, kerak paytda iste’mol qilinadigan sarimsoqpiyoz ham foydali moddalar xazinasi hisoblanadi. Ushbu dorivor mahsulotni o‘zimiz yetishtirib, iste’mol qilsak nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. Quyida sarimsoqpiyoz yetishirish bo‘yicha tavsiyalar beramiz.
Sarimsoqpiyoz yil davomida ikki marta - bahorda va ko‘proq kuzda ekiladi. Sarimsoqning e’tiborli xususiyatlaridan biri shuki, u boshqa sabzavotlarga qaraganda sovuqqa ancha chidamli. Ya’ni, minus 7-8° sovuqda ham nobud bo‘lmaydi. Havo harorati 10-15 daraja iliq bo‘lganda o‘sib, rivojlanishi yaxshi davom etadi. Kuzgi ekishni iyul oyining yarmidan oktabr oyi o‘rtalarigacha amalga oshirish mumkin. Ekishning eng maqbul payti avgust-sentabr oylaridir.
Sarimsoq o‘g‘itga ancha talabchan hisoblanadi. Shuning uchun sarimsoq piyoz yetishtirish oldidan ekin maydoni mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan qayta ishlanadi.
Mineral o‘g‘itlardan ammofos, superfosfat, mochevina kabilardan bir sotixiga 15-20 kg.dan yoki undan ko‘proq ham solish mumkin. Ammofosni belgilangan miqdorda ekishdan oldin solinadi. Qolgan o‘g‘itlarning bir qismini ekishdan oldin, bir qismini esa o‘suv davri davomida bo‘lib-bo‘lib berib boriladi.
Egatlab ekilganda oralari 40-45 sm., pollarga bo‘linganda esa 2-2,5 m. o‘lchamda marza olinadi. Sarimsoqni piyozidan ekib ko‘paytiriladi. Har bir piyozda 7-8 tadan 30-35 tagacha sarimsoqchalar bo‘lib, ular ajratiladi va har bir bo‘lakcha alohida-alohida qilib ekiladi. Bunda o‘simliklar orasi 4-8 sm.dan qilib, 5-6 sm. chuqurlikda ko‘miladi. Ekib bo‘lingach, chirigan go‘ng yoki shunga o‘xshash chirindilardan sepish mumkin.
Sarimsoq o‘suv davrida 5-7 marta sug‘oriladi. Begona o‘tlardan tozalanib, o‘g‘itlanadi. Kasalliklarga qarshi chora-tadbirlar ko‘riladi. Sarimsoq 35-40 kunda iste’mol qilishga tayyor bo‘ladi.

Alisher ABDURAHMONOV,
Sherali ARZIQULOV,
tuman O‘simliklar karantini va
himoyasi bo‘limi agranom entomolgi.
Sherali ARZIQULOV,
tuman O‘simliklar karantini va
himoyasi bo‘limi agranom entomolgi.