Yoshi ulugʻ bobolarimiz bekorga yaxshidan bogʻ qoladi, deb aytishmas ekan. Negaki, kimningdir hovlisiga yoki bogʻiga borsangiz koʻnglingiz ularning hosilidan, koʻzga quvonch ulashadigan manzarasidan quvonadi. Ayniqsa, ayni kuz pallasidagi serhosil daraxtlarning tizilib pishgan mevalarini aytmaysizmi... Bozorlarimiz, dasturxonimiz shu mevalar bilan chiroyli koʻrinish berayotgani obodlikning bir belgisidir.
Darvoqe, ularning shu kunga qadar qilingan parvarishi-chi... Bogʻbonlarimizning bu haqdagi fikrlari bilan qiziqdik. Ular asosan bahorda ekilgan koʻchatdan koʻra, kuzda ekilgan koʻchatlar yaxshi rivojlanishini taʼkidlashdi. Bu vaqtda koʻchat sotib olishdayam, vaqt masalasidayam sizda katta imkoniyat va tanlov bor. Bahorgi ekish mavsumi juda qisqa. Kuzda ekilgan koʻchatni doim sugʻorish shart emas. Bir marta sugʻorish kifoya, bu bahorgacha yetadi. Havoning salqinligi va yogʻingarchiliklar kerakli namlikni taʼminlaydi. Kuzda ekilgan koʻchatda bahorgacha ildiz otgani imkoniyat boʻladi va bahorda tez oʻsadi. Kuzda ekilgan koʻchat orqali siz koʻp vaqt va kuchingizni tejaysiz. Bahorda koʻchat ekishdan boshqa talaygina ishlar ham sizni bogʻda kutmoqda. Oktyabr oxiri va noyabr oyi boshlarida koʻchat ekish kerak. Biroq, qishloq xoʻjaligi ishlarida kalendarga emas, derazadan tashqaridagi haqiqiy ob-havoga eʼtibor qaratgan yaxshi, chunki turli mintaqada iqlim har xil. Ekish yoki koʻchirib oʻtqazishdagi eng yaxshi vaqt bu daraxtlarning biologik uyqusi davri hisoblanadi. Ildiz oʻsishi tuproq harorati 4 gradusga tushguncha davom etadi.
Hovlilarimiz, bogʻlarimiz, yerlarimiz obod, chiroyli koʻrinish berishi uchun turli mevali hamda manzarali koʻchatlar ekishdan charchamaylik!

Yaxshilik XOʻROZOV.