Bugungi kunda tumanda 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar 102743 nafarni tashkil etmoqda. Bu yoshlarning 54901 nafarini 14-30 yoshgacha hamda 44946 nafarini 18-30 yoshgacha boʻlganlar tashkil etadi.
2023-yilning oʻtgan davri mobaynida “Yoshlar daftari”ga tuman boʻyicha jami 1927 nafar yoshlar kiritilib, ularning 1355 nafariga ijtimoiy-iqtisodiy yordam koʻrsatildi.
“Yoshlar balansi”ga asosan 14-30 yoshdagi 54901 nafar yoshlar “qizil”, “sariq”, “yashil” toifalarga ajratildi. “Qizil” toifaga mansub boʻlgan 55 nafar yoshlar tuman korxona, tashkilotlar rahbarlari va oʻrinbosarlariga biriktirilgan.
Ayni kunga qadar muammosi aniqlangan 1587 nafar yoshlarning 1283 nafariga amaliy yordamlar koʻrsatildi. Qolgan 304 nafar yoshlarning muammolariga vaqt talab qilinganligi bois nazoratda turibdi.
“Yoshlar balansi”ga yil boshida kiritilgan 683 nafar ishsiz yoshlar bandligini taʼminlash belgilangan boʻlib, bugungi kunga qadar ushbu yoshlarning 430 nafarining bandligi taʼminlangan. Ushbu bandlik dasturi 2-yarim yillikda yangi mehnat bozoriga kirib kelgan 442 nafar OTM bitiruvchilari, 825 nafar kasb-hunar maktabi bitiruvchilari, 2435 nafar maktab bitiruvchilari hamda 678 nafar ishsizlar bilan toʻldirildi. Xususan, bugungi kunda 4385 nafar yoshlarning bandligini taʼminlash boʻyicha “Bandlik dasturlari” ishlab chiqilgan boʻlib, ijrosi yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi PQ-92-son qarori hamda ushbu yil 30-iyundagi yoshlar bilan uchrashuvida bildirgan taklifiga asosan “Besh tashabbus olimpiadasi” yilda ikki marotaba oʻtkazilishi belgilab berildi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-martdagi 05-21/1-771-sonli “Besh tashabbus olimpiadasi”ning joriy yil mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish yuzasidan yigʻilish bayoniga asosan mahallalarda istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida tanlov hamda musobaqalarni tizimli tashkil etish orqali aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, ularni ommaviy sportga jalb etishda yangi bosqichga olib chiqish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish maqsadida 14 ta yoʻnalish boʻyicha tanlovlarda ishtirok etish uchun “Besh tashabbus” bot orqali 40480 nafari roʻyxatdan oʻtgan.
Quvonarlisi ushbu olimpiadaning 1-mavsumida viloyat bosqichida tumanimiz yoshlari ham munosib ishtirok etishdi. Umumiy hisobda ushbu olimpiadaning 2023-yilgi bahslarida tumanimiz yoshlari 4 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza, umumiy hisobda 8 ta medalni qoʻlga kiritishdi.
Ayni damda ushbu olimpiadaning 2-mavsumi doirasida tanlov va musobaqalarning tuman bosqichiga start berilgan.
Kelgusi yilda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini oʻrganishi va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv markazlari va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj iqtidorli yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv markazlarini tumanda tashkil qilishni rejalashtirganmiz.

Zafarjon BAHODIROV,
Yoshlar ishlari agentligining Bulungʻur tuman boʻlimi rahbari.