Tan olaman, “har doim” bo‘ladigan kutubxona” haqidagi o‘ylarimga yagona bir javob topolmayman (holbuki, kutubxona har doim bo‘lishiga qattiq ishonadigan insonlarni bilaman va ular kutubxonachi emas...). Shu bois mazkur masaladagi o‘y-fikrlarimni siz bilan bo‘lishmoqchiman.
Biz 20-asrdan 21-asrga qadam tashlagan insonlarga, kutubxona avval qanday bo‘lganini va hozir qanday bo‘layotganini ko‘rganlarga aytmoqchimizki, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-siyosiy, geosiyosiy evrilishlarda yashash, hayot kechirish juda ham qiziq. Ha, bunda barqarorlik bo‘lmasligi mumkindir, lekin hayotiy tajriba orttirsa bo‘ladigan vaqtdir. Ushbu vaqt prizmasi orqali agar kutubxonaga nazar solsak, u jamiyatning madaniy va jamoaviy instituti sifatida turli xil ijtimoiy-siyosiy shakllar va ilmiy-texnika taraqqiyoti bilan keladigan yangiliklarga mos tub o‘zgarishlarga moyil bo‘lmagan o‘ziga xos sub’ekt hisoblanadi.
Barcha zamon va makonlarda kutubxona uch asosga tayanib kelgan. Bular - axborot tashuvchilari (loydan yasalgan sopol taxtachalar, papirus, teri, qog‘oz), axborot saqlovchilari (yig‘uvchi, saqlovchi va axborot tashuvchilarni tizimlashtiruvchilar) hamda axborot iste’molchilari. Sodda til bilan aytganda esa bu – kitob-kutubxonachi- o‘quvchidir.
Qog‘oz ketadi – biz odatlangan qog‘ozdan va kartondan qilingan kitoblar ham ketadi. Lekin, kitob o‘ziga to‘q va boy insonlar uchun boylik ramzi va antikvar predmet sifatida qolishi ham mumkin. Chunki, bunda kitob qimmatlashadi va kamdan kam hollarda bosma nashrdan chiqariladigan bo‘ladi. Xalq uchun umumiy foydalanishga esa raqamli ko‘rinishda nashr etiladi. Bo‘ o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: Raqamli (elektron) kutubxonalarga katta shtatdagi ixtisoslashtirilgan xodimlari bor va keng xonalarga ega binolar kerakmi ? Yoki har bir kitobxonning ehtiyojini qondiradigan kutubxonaning asosiy vazifasi, ya’ni - kitob berish bo‘lgan vazifasidan tashqari bevosita kutubxona faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan muloqot, o‘zaro suhbat, kovorking kabi ma’nolar bilan to‘ldirish lozimmikan?
Bugungi kundagi tor va kengaytirilgan tarkibda olib borilgan mahalliy ijtimoiy so‘rovlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, kutubxona o‘rtadagi vositachi sifatidagi rolini, matn yoki axborotni uydan chiqmasdan, onlayn tarzda ola oladigan g‘ayratli va dunyoqarashi tez o‘suvchi yosh avlod uchun yo‘qolib bormoqda. Kutubxonani ziyorat qilish – vaqtni behuda sarflaydigan mashg‘ulotdek bo‘lib qoldi go‘yo. Mening fikrimcha, agar yangi texnologiyalarni bu sohaga tadbiq etmasak, hozirgi ko‘rinishdagi kutubxonalar saqlanib qolinmasligi mumkin. Hatto jamiyatning o‘zi ham yangicha formatdagi kutubxonani talab qilishi mumkin. “Kutubxona” so‘zining o‘zi ham o‘z ma’nosini yo‘qotib qo‘yishi mumkin, chunki, kitob saqlanadigan xona, joyning o‘rniga kelajakda 24/7 formatda ishlaydigan axborot markazlari tashkil etilishi mumkin.
Bu o‘rinda boshqa avlodning boshqacha bo‘lgan fikrini ham keltirib o‘tishni xohlardim, ya’ni, kitobxonlardan olingan so‘rovlarga olingan umumiy javob: – Elektron kitobni olishni xohlamayman. Menga o‘xshagan kitobxon-o‘quvchi bor ekan, kitob mavjud bo‘ladi! An’anaviy kitobxonlar an’anaviy kutubxonalardagi an’anaviy kitoblarni xohlashadi.
Savol: Kutubxonalar u yoki bu shaklda kelajakda mavjud bo‘ladimi ?
Javob: «HA!»
Savol: 50 yildan keyin biz bilgan hozirgi ko‘rinishdagi kutubxonalar bo‘ladimi?
Javob: (ko‘pincha)«YO‘Q!»
Savol: Kitoblar bilan nima bo‘ladi?
Javob: Kitoblar bo‘ladi! Ular qoladi! Ko‘pchilik onlayn o‘qishni yoqtirmaydi. Kitobni sotib olish – bu hozirdanoq qimmatga tushadigan ish, eng osoni kutubxonadan olish. Kutubxonalar mana shu maqsadda ham alternativ sifatida ham qoladi.
Ha, shak-shubhasiz kutubxonalar doim bo‘ladi! Chunki, hayotimizdagi har bir jabhani pullik va oldi-sotdi ob’ektiga aylantirgan jamiyatda kutubxona – jamiyat ravnaqi uchun tekinga, beg‘araz xizmat qiladigan yagona maskan bo‘lib qoladi. U sizdan hech narsani talab qilmaydi va hech narsani sotishga harakat ham qilmaydi. U yerda ham internet tarmog‘i va kompyuter bor, u yerda audiokitoblar ham bor, eng muhimi u yerda kitob tekin. Kutubxona uchun siz – Insonsiz, daromad keltiruvchi manba emas. Men va menga o‘xshaganlar haqiqiy, qog‘ozdagi kitoblarni sevishadi, menga ularni qo‘l bilan ushlash va ularning hidi ham yoqadi.
Kutubxonalar – bugun ham, ertaga ham, doim bo‘ladi! Mayli, boshqa nom bilandir, mayli elektron axborot tashuvchilaridadir, balki xizmat ko‘rsatish shakli ham o‘zgarar, lekin ular har doim bo‘ladi!

G.MAMARAIMOVA,
Axborot-kutubxona markazi AKT xizmati rahbari.