Ma’lumki, izchil olib borilayotgan sud-huquq islohotlarining davomi sifatida joriy yilning 16 yanvarida Prezidentimizning “Odil sudlov faoliyatini amalga oshirishni samarali tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirar to‘g‘risida”gi hamda “Odil sudlovga erishish imkniyatlarini yanada kengaytirish va sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonlari imzolandi. Bu hujjatlarda sud tizimini keskin isloh qiluvchi o‘zgarishlar mustahkamlangan. Sud-huquq tizimining jadal isloh qilinishini ta’minlash, shuningdek, odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish maqsadida 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi hamda ushbu strategiyani amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturi ham tasdiqlandi.
Farmonda sudyalarning chinakam mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularning ishiga har qanday aralashuv qat’iy jazolanishi, sudyalarning xavotirsiz ishlashi uchun davlat tomonidan barcha sharoitlar yaratilishi qayd etilgan.
Mamlakatimiz rahbarining ushbu farmoni “Yangi O‘zbekiston - yangi sud” tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kenaytirish, sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirish, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish, sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarini ishlab chiqish nazarda tutildi. Sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish, sud’yalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali aholida suddan va davlatdan rozilik hissini uyg‘otish belgilandi.
Jamshid FAYZULLAEV,
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Jomboy tumanlararo sudining raisi.