Tuman IIB tomonidan sektorda ish sifatini oshirish hamda vazifalar ijrosini ta'minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj, "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, aholi turmush darajasini yaxshilash bo'yicha mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan 2023-yil 1-yarim yilligi uchun mo'ljallangan "Yo'l xaritasi"ning ijrosi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda vaqtinchalik Nizom talablari asosida "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, jamg'armaga kelib tushgan mablag'larning maqsadli yo'naltirilishi monitoring qilib borildi.
"Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"ga kiritilgan, harbiy xizmatdan, xorijdan qaytgan migrantlar, jinoyat qurboni bo'lgan hamda ishsiz yurgan fuqarolarni ish bilan ta'minlash maqsadida hududlar kesimida uchrashuvlar tashkil etilib, sektor hududidagi 13 ta mahallaga borib, ijtimoiy daftarda turganlar bilan birma-bir suhbat o'tkazilib, muammolari hal etildi.
Tuman "Bandlikka ko'maklashish markazi" bilan "Ishga marhamat!" mehnat yarmarkalari tashkil etilib, 3 oy davomida sektor hududidagi 65 nafar ishsiz fuqarolar ish bilan ta'minlandi.
Har bir mahallalarda "Bosh maqsadimiz - xalq manfaatlariga xizmat qilish" shiori ostida ishlar tashkil etildi.
Takroriy murojaat qilgan fuqarolarning ro'yxatini shakllantirish, ularning takroriy murojaat qilish sabablari va muammolarini o'rganish, takroriy murojaat qilishiga sababchi bo'lgan aybdor xodimlarga intizomiy ta'sir choralari ko'rib borildi.
3-sektor hududidagi yer maydonlaridan oqilona va samarali foydalanishini tashkil etish bo'yicha 3-sektorga biriktirilgan tuman Qishloq xo'jaligi bo'limi vakili bilan birga muntazam ravishda aholi yangi yer maydonlari o'zlashtirilishini va ehtiyojmand oilalarga ajratilgan yer maydonlaridan unumli foydalanishni tashkil etib borildi.
Sayyor qabullar va yoshlar bilan uchrashuvlar 2023-yilning o'tgan 3 oyi davomida 3-sektor rahbari tomonidan 13 marotaba yoshlar bilan uchrashuvlar, 13 marotaba sayyor qabullar, 3 marotaba tadbirkorlar bilan uchrashuvlar tashkil qilinib, 680 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etishdi, 114 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, 17 tasiga tushuntirish berilgan, 36 ta murojaat joyida hal etilgan, 61 tasi tegishliligi bo'yicha tashkilotlarga yuborilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 250-sonli "Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalarni, xotin-qizlar va yoshlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori talablari asosida 4-bosqich "Ayollar daftari"ni shakllantirish bo'yicha MFYlarda so'rovnoma o'tkazilib, ro'yxatlari shakllantirildi, bosqichma-bosqich ijtimoiy yordam ko'rsatilib borilmoqda.
Mahallabay jinoyatchilikni jilovlashga qaratilgan profilaktik tadbirlarni belgilash, samaradorligini oshirish, jinoyat soni oshgan mahallalarda tuman IIB xodimlaridan iborat patrullik yo'nalishlarini, kriminogen vaziyati barqaror hududlarda manzilli profilaktik tadbirlarni kuchaytirish choralari ko'rilib, jamoat xavfsizligini ta'minlash, jamoat tartibini saqlash, ommaviy tadbirlarni o'tkazishda kuch-vositalar maqsadli yo'naltirildi.
Jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha, xususan tungi vaqtlarda sodir etilishi mumkin bo'lgan jinoyatlarning oldini olish maqsadida tuman bo'yicha hududlarni ajratgan holda kunlik tungi guruhlar faoliyati yo'lga qo'yildi.
"Olmazor" MFY Paxtaboshi, Pastki Paxtaboshi, Yuqori Paxtaboshi qishloqlarining 5 km tuproq yo'llari shag'allashtirildi. Mitan qishlog'ida 2 km ichimlik suvi tarmog'i tortildi.
"Yangiobod" MFY Humoyun ko'chasida 0.7 km tuproq yo'llar shag'allashtirildi.
"Olmazor" MFY Yunus Rajabiy ko'chasida ko'cha atrofidagi 15 ta uylar suvalib, oqlandi. "Olmazor" MFY Mitan qishlog'ida 2 nafar kam ta'minlangan fuqarolarga homiylik asosida uy qurib berildi.
Bulung'ur tuman 3-sektor hududidagi 13 ta mahalla bo'yicha biriktirilgan hokim yordamchilari va sektor shtabi a'zolari bilan hamkorlikda aholi muammolarini o'rganish yuzasidan xatlovlar o'tkazilib, muammosi aniqlangan oilalarni "Temir daftar"ga kiritish bo'yicha xalq deputatlari tuman Kengashiga takliflar kiritildi. "Temir daftar"ga kiritilgan har bir oilaning mehnatga layoqatli a'zolarining bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka yo'naltirish choralari ko'rildi.
Sektordagi 13 ta mahalla bo'yicha ko'p yillardan buyon hal etilmasdan, aholini qiynab kelayotgan muammolarni ijobiy hal etish choralarini ko'rish uchun tuman 3-sektor rahbari va tuman Xalq qabulxonasi mudiri tomonidan tasdiqlangan reja grafigi asosida sektor rahbari va yoshlar uchrashuvi hamda fuqarolar sayyor qabullarini o'tkazib borildi. Ulardan kelib tushgan murojaatlarning ijobiy hal etilishi ta'minlanib, tegishliligi bo'yicha korxona-tashkilotlarga yo'naltirib borildi.
Aholi, profilaktik va probatsiya hisobida turgan, xususan voyaga yetmaganlar, yoshlar, xotin-qizlar bilan tizimli manzilli profilaktik ishlar tashkil etildi. Mahallalarni "Qizil", "Sariq" hamda "Yashil" hudud toifalariga bo'lgan holda kuch-vositalar mahallalarga jalb qilinib, hamkor tashkilotlar, xususan mahalla "Beshligi" bilan doimiy hamkorlikda ishlar tashkil etildi.
Sektorda 1267 ta kambag'al oila "Temir daftar" bazasiga olingan bo'lib, shundan, 797 (63 %) nafar oila "Temir daftar" bazasidan chiqarilgan.
Xususan, ularning:
- 71 nafari iqtisodiy kompleksga (36 nafari oilaviy tadbirkorlik, 29 nafari jamoat ishlariga);
- 1 nafari hunarmandchilik;
- 3 nafari sanoat loyihalari;
- 244 nafari qishloq xo'jaligi kompleksga (3-agrosanoat, 16-kooperatsiya, 186-takroriy ekin) ishga joylashtirildi;
- 247 nafari rasmiy o'zini o'zi band qildi;
- 23 nafarining boshqa sohalarda bandligi ta'minlandi;
-78 nafariga subsidiya asosida asbob-uskunalar berildi.
O'z navbatida, 2023-yil mart oyiga qadar ehtiyojmand oilalarga jami 559 marotaba (478 mln 810 ming 675 so'mlik) moddiy yordam ko'rsatildi.
Jumladan, 200 tasiga (45 mln 690 ming 675 so'mlik) 3 oylik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi, 4 tasiga naqd pul shaklida (6 mln 900 ming so'm) boshqa yordamlar ko'rsatildi.
2023-yil 1-aprel holatiga 470 nafar oila hozirda "Temir daftar"ga yangidan kiritilgan.
470 ta oilaning oila a'zolari soni 987 nafarni tashkil qiladi, shundan 267 nafarini mehnatga layoqatli ishsizlarni tashkil qiladi.
"Ayollar daftari" to'rtinchi bosqichda jami 1281 ta ehtiyojmand ayollar "Ayollar daftari" bazasiga kiritilgan. Hozirgi kunda 252 nafar ayollarga 1 200 000 so'm miqdorda pul mablag'lari berildi. "Ayollar daftari"da turgan xotin-qizlarga bosqichma-bosqich ijtimoiy yordamlar ko'rsatib kelinmoqda.
"Yoshlar daftari" elektron bazasiga 2023-yil 3 oyi davomida jami 138 ta yoshlar kiritildi, 105 nafar yoshga ijtimoiy yordam ko'rsatilib, daftardan chiqarildi. Hozirgi kunda 33 nafar yoshlar "Yoshlar daftari" da qolmoqda.
Sektor faoliyatini sifatli tashkil etish maqsadida tadbirlar davom ettirilmoqda va natijasi haqida belgilangan muddatlarda hisobot berib borilishi ta'minlanadi.

Abduvali OTAMURODOV,
tuman IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari
tuman IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari