Tumanda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal etish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish borasida hamkor tashkilotlar bilan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalaridagi faolligini oshirish bo’yicha milliy dasturi ishlab chiqilgan.
O'zbekistonda "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar" doirasida ustuvor maqsadlardan biri sifatida "Gender tenglikni ta'minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish" belgilangan.
Milliy dasturning maqsadi - xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada kuchaytirish, ularning salomatligini mustahkamlash, qizlarning ta'lim-tarbiya olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, iqtidorli va bilimli qizlarni tarbiyalash hamda ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish, xotin-qizlarning huquq asoslarini takomillashtirish, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda, xususan, davlat boshqaruvida ularning rolini mustahkamlash hamda gender tenglikni ta'minlashdan iborat.
Milliy dasturni amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalar belgilab olingan bo'lib, bu borada bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xotin-qizlarning ta'lim olishlari uchun qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish hamda ilm-fan sohasiga keng jalb etish borasida O'zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan, 30-maydan 10-iyun kuniga qadar xotin-qizlar o'z platformasi orqali tumandagi 298 nafar ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar onlayn arizalar taqdim qilishdi hamda tuman ishchi guruhi tomonidan 173 nafarining mezonlari ushbu qaror mezonlariga mos kelishi bo'yicha tavsiyanomalar olishi bo'yicha tavsiyalar berildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi "Mutaxassisligi bo'yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo'lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida"gi 322-sonli qarori, Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasining 2022-yil 11-iyundagi "Mutaxassisligi bo'yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo'lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish tartibini tasdiqlash haqida"gi 23-sonli buyrug'i asosida tumandagi 92 nafar xotin-qizlar arizalar topshirishgan.
Xotin-qizlar orasida tazyiq va zo'ravonlikka uchrash hamda odam savdosi qurboni bo'lish holatlarining oldini olish borasida ham muhim ishlar olib borilyapti.
O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 17-avgustdagi "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi 561-son Qonuni hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi "Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5116-sonli Qarori asosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan, chet elga chiqib ketgan, davlat va jamoat tashkilotlarida hamda xususiy sektorda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlash va ularning qonuniy manfaatlarining himoyasini yanada kuchaytirish bo'yicha keng miqyosda ish yuritilyapti.
Tumandan uzoq muddatga chiqib ketgan 1214 nafar xotin-qizlar bo'lib, ularning oilalari va farzandlari bilan muntazam ravishda uchrashuv va suhbatlar olib borilishi tizimli yo'lga qo'yilgan. Uzoq muddatdan qaytib kelgan 391 nafar xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash maqsadida 326 nafarining bandligi ta'minlangan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash choralarini yanada takomillashtirish doimiy e'tiborda.
"Ayollar daftari" 4-bosqichiga 5371 nafar xotin-qizlar kiritilgan bo'lib, 2714 nafariga ko'mak ko'rsatish ijrosi ta'minlangan. Shundan 1-toifa bo'yicha 1264 nafarining bandligi ta'minlangan, 2-toifa 109 nafariga kredit ajratildi, 3-toifa 1014 nafariga moddiy yordam, 3,1-toifasiga kiritilgan 23 nafarining uy-joyi ta'mirlandi, 4-toifadagi 227 nafariga moddiy yordam, 4,1-toifasiga kiritilgan 1 nafar xotin-qizning uy-joyi ta'mirlandi, 5-toifaga kiritilgan 8 nafar xotin-qizlarning 2 nafari uy-joy bilan ta'minlandi va 6 nafariga ijara konpensatsiyasi to'lab berildi, 6-toifaga kiritilgan 92 nafar xotin-qizlarga moddiy yordam ko'rsatildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni reabilitatsiya vositalari bilan ta'minlash bo'yicha 13 ta aravacha, 1 ta tirsakli qo'ltiqtayoq, 3 ta qo'ltiqtayoq, 4 ta hassa, 4 ta eshitish moslamasi berilgan.
Nuroniy onaxonlarni e'zozlash, ularning bilim va boy hayotiy tajribasidan oilalarni mustahkamlash, qizlarning ta'lim-tarbiyasi ma'naviy dunyoqarashini yuksaltirishda foydalanish, shuningdek, ularning madaniy hordiq chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish muhim masalalardan.
Tumanda 15-may - "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan 4-6-may kunlari hududiy hamda 8-may kuni tuman bosqichi tadbirlari o'tkazilib, 15-may kuni viloyat bosqichida "Gulzor" mahallasida yashovchi Saparboy Aliboyev oilasi faol ishtirok etishdi. Shuningdek, 5 marotaba "Uch avlod" uchrashuvlari o'tkazilib kelinmoqda. Samarqand, Buxoro va Toshkent shahri bo'ylab 35 marotaba sayohatlar tashkil qilindi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni hamda "Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlashga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2022-yil 21-sentabrdagi PQ-376-son Qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy va iqtisodiy faolligini oshirish, ularni kasbga va tadbirkorlik ko'nikmalariga o'rgatish orqali bandligini ta'minlash hamda salomatligini mustahkamlash ishlarini mahallalarda tashkil etish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonining 15-bandiga muvofiq bo'yicha tumanda 9 ta markazlar: "Mingchinor", "Qirqshodi", "Zarafshon", "Qo'ng'irot", "Cho'yante-pa", "Bo'dana", "Sohibkor" va "Alisher Navoiy" nomli mahallalarida tashkil qilingan. Qolgan mahallalarda ham markazlar ochilishi rejalashtirilgan.
Ushbu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida markazlarda bitta loyiha doirasida 20 nafargacha xotin-qizlarning doimiy bandligini ta'minlash maqsadida har bir bandligi ta'minlanadigan ishsiz xotin-qiz uchun Oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi mablag'lari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda 3 million so'mdan oshmagan miqdorda davlat granti ajratilishi belgilangan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-87-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Milliy dasturdagi vazifalar ijrosini kelgusida ham hamkor tashkilotlar bilan ham tizimli ishlar yo'lga qo'yilib amalga oshiriladi.

Nasiba MAMADIYOROVA,
tuman hokimi o'rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i.