Yurtimizda jamiyatning poydevori sifatida oila institutini yanada mustahkamlash va rivojlantirish, oila manfaatlarini himoya qilishning huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini kuchaytirish, uning xavfsizligi va uyg‘unligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xotin-qizlarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga shak-shubhasiz rioya qilish, ma’naviy-axloqiy asoslarni va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash uchun poydevor yaratilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi hamda “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunlar va shu sohaga oid qonun hujjatlari asosida xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zo‘ravonlikdan ishonchli himoya qilinishini ta’minlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida bir qator ishlar belgilab olingan. Jumladan, mehnatga oid huquqlarning kafolatlari va qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, uydagi zo‘ravonlik qurbonlariga yordam berish maqsadida zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reablitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish Respublika markazi va Xotin-qizlar tadbirkorligi markazi, O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi kabi yangi tuzilmalar tashkil topdi.

Gender zo‘ravonlik – bu global muammo bo‘lib, jamiyatda bunday zo‘ravonlikka hech qanday holatda ham ko‘z yumib turmasdan, ta’lim va ommaviy axborot vositalari orqali har qanday ko‘rinishdagi zo‘ravonlikni inkor etadigan, unga toqat qila olmaydigan muhit yaratishda hissa qo‘shishimiz lozim.
Lola NOMOZOVA,
36-umumta’lim maktabining direktori.