Men 2005-yil 6-umumiy o'rta ta'lim maktabini a'lo baholarga bitirib, birinchi ustozim Ulbozor opaga havas qilib, shu yili Navoiy Davlat pedagogika institutining "Boshlang'ich ta'lim" yo'nalishiga hujjatlarimni topshirdim.
Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o'tib talaba bo'ldim. 2009-yilda institutni bitirib, dastlab tumanimizdagi 8 va 6-umumiy o'rta ta'lim maktablarida boshlang'ich sinf o'qituvchisi bo'lib, ilk ustozlarim bilan yonma-yon ishladim. Ayni paytda 70-umumiy o'rta ta'lim maktabida ish faoliyatimni davom ettirib kelmoqdaman.
Ishga kelgan yillarim shu narsaga amin bo'ldimki, hozirgi yosh avlodimiz juda ham aqlli, zukko, farosatli. O'qituvchi zamon bilan hamnafas bo'lib, o'quvchilarni qiziqtirib, yangilik yaratib, yangi uslublar o'ylab topmasa, o'z qobig'iga o'ralib qolsa, o'quvchi undan qochib, yangi ustoz tanlaydi.
Men o'z o'quvchilarimga Vatan ostonadan, maktabdan boshlanishini, unga mehr berib, har qarich yerini o'z uyimizdek asrab, har bir giyohni ko'zimizga to'tiyo qilishimiz kerakligini, Prezidentimiz tomonidan yosh avlod uchun mana shunday imkoniyatlar yaratilayotgan vaqtda bizlar bundan faqat unumli foydalanishimiz kerakligini, biz uchun har bir kunimiz g'animatligini, kelajagimiz, bugungi kun yoshlar qo'lida ekanligini darslarim davomida tushuntirib kelayapman. Shu bois o'quvchilarim zavqlanib, har kuni yangi va yangi savollar berishadi. Bu savollarga javob topish uchun o'qituvchi o'z ustida tinmay ishlashi kerak, deb o'ylayman.

Jamilaxon MAKSIMOVA,
70-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi.