Hozirgi kunda jahon gloaballashuvi jarayonida kuchli raqobat har sohada yangilikka undaydi. Shu sababli jamiyatda ro'y berayotgan ijtimoiy o'zgarishlarni inobatga olgan holda bir qator o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Yurtboshimizning ta'limga va maktablarga qilayotgan etibori tahsinga sazovordir.
Tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 32-umumiy o'rta ta'lim maktabini yaqqol misol qilsak bo'ladi. "Obod-qishloq" dasturi asosida 2022-yili 260-o'rinli maktab binosi qad ko'tardi. Shu bois maktabda ta'lim-tarbiya jarayoni yuqori bosqichga ko'tarildi. O'quvchilar va o'qituvchilar uchun qulay sharoitlar yaratildi. 2019-2020-o'quv yili davomida maktabda 11-sinf bitiruvchilarining oliy ta'limga kirish ko'rsatgichi juda past bo'lgan bo'lsa, 2021-yili maktab rahbariyatining o'zgarishi, yosh kadrlarning rahbar lavozimlarini egallashi tufayli 11-sinf bitiruvchilarining 25 foizi oliy ta'limga kirdi. 2022-yil 11-sinf bitiruvchilarining 30 foizi oliy ta'limga kirdi. 2023-yil 11-sinf bitiruvchilarining 40 foizi oliy ta'limga kirishi sezilarli darajada o'sishga olib keldi. Maktabdagi fan o'qituvchilarning malaka toifasi ham osha boshladi. Bunda 2021-yil 1-malaka toifasi maktabda 2 nafar bo'lsa, 2023-yilga kelib 6 nafar, 2-malaka toifasi 2021-yil 6 nafar bo'lsa, 2023-yilga kelib 14 nafarni tashkil etadi. Bu maktabning tumandagi o'rni yanada yuqorilaganidan dalolatdir.
O'quvchilarning tuman olimpiadasidagi reytingi ham yaxshilandi. Tumanda fan olimpiadasida faxrli 2 va 3-o'rinlarni egallashi so'zimizning yaqqol isbotidir. Tarix fanidan 2022-yil tumanda 2-o'rin egallandi. Kimyo fanidan 2022-yil "Al-Xorazmiy olimpiadasi"da tumanda faxrli 3-o'rin qo'lga kiritildi. Maktab rahbariyatining 2022-yili tumanda "Yilning eng yosh o'qituvchisi" ko'rik-tanlovida 32-maktab o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Bunyodjon Qlichov faxrli 1-o'rinni egallab, viloyatga yo'llanmani qo'lga kiritdi. O'qituvchilardan Gavhar Tojiboyeva, Dilfuza Mamatovalar o'zlarining dars ishlanmalarini tumanda ommalashtirib, fan doirasida tegishli yutuqlarga erishdi. Bu esa maktabning yangi-yangi marralarni egallshiga zamin yaratdi, desak adashmaymiz. Maktab direktori Jahongir Allabayev 2023-yil "Falsafa fanlari doktori" darajasiga erishishi so'zimizning isbotidir. Tumanda maktab direktorlari ichida "Fan doktori" borligi ta'limdagi o'zgarishlarning natijasi ekanligi isbotidir. Bu Yurtboshimizning qishloq joylarida ham ta'limga va maktabga qaratilayotgan yuksak e'tibori, desak adashmaymiz.
Qisqasi, maktab rahbari oqil bo'lsa ta'lim-tarbiya ham shunga yarasha bo'ladi. Tumanimizda hamon ta'lim-tarbiyasi oqsayotgan maktablarning rahbarlari "Mingtepa" MFY hududidagi 32-umumiy o'rta ta'lim maktabidan o'rnak olsalar nur ustiga nur bo'lardi.

Rabbim ERGASHEV.