23-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Jo‘rabek Rahmonov besh yildan buyon sportning yunon-rum kurashi turi bilan shug‘ullanib kelmoqda. Bolalar va o‘smirlar sport maktabining tajribali sport murabbiyi Rabbim Tashanov qo‘l ostida shug‘ullanib kelayotgan yosh polvon Jo‘rabek o‘zining g‘ayrati va mehnatsevarligi bilan tengdoshlaridan o‘zib ketdi.
Murabbiy ko‘rsatmalari asosida har bir mashqni maromiga yetkazib bajarishi bilan tez orada tengqurlari o‘rtasida chempion degan sharafli nom sohibi bo‘ldi. Viloyat birinchiligi va tumanlararo 32-35 kilogramm vazndagi yosh polvonlar o‘rtasidagi bellashuvlar g‘olibi sifatida viloyatning eng yosh chempioni bo‘ldi. Jo‘rabek polvon Samarqand, Buxoro, Navoiy, Toshkent shaharlarida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirlarda, O‘zbekiston Respublikasi chempionatida ishtirok etib, yoshi kattalar 1-sport razryadi normativini ham bajardi.
Ayni paytda yosh chempion Jo‘rabek viloyat terma jamoasi a’zosi sifatida tajribali murabbiylar rahbarligida xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
– Yosh polvon o‘g‘limiz Jo‘rabek bilan faxrlanamiz, - deydi chempionning onasi, 23- umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘qituvchisi Dilrabo O‘rolova. – O‘g‘limizni shohsupa tomon yetaklab borayotgan o‘qituvchi-murabbiy Rabbim Tashanovdan minnatdormiz.
– Men yoshligimda sportning og‘ir atletika turi bilan shug‘ullanganman, - deydi Jo‘rabekning otasi, temirchi usta Zafar aka. - Shu sababli o‘g‘illarimiz Jo‘rabek va Jonibeklarning ham sog‘lom, baquvvat bo‘lib voyaga yetishlari uchun hamma sharoitlarni yaratib berdik. Kichkina o‘g‘limiz Jonibek 3-sinfda a’lo baholarga o‘qish bilan birgalikda akasi singari sportning yunon-rum kurashi bilan shug‘ullanmoqda.
Bulung‘urlik mashhur polvon, xalqaro sport ustasi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mo‘minjon Abdullaevni Tokioda bo‘ladigan yozgi xalqaro olimpiadaga kuzatish oldidan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqada yosh polvon Jasurbek 1-o‘rinni egallab, chempion bo‘ldi.
– O‘shanda yosh chempion Jo‘rabek “katta bo‘lsam men ham albatta, Mo‘minjon akamga o‘xshab chempion bo‘laman”, degan edi, - deydi murabbiy Rabbim Tashanov.
Yosh chempion Jo‘rabek orzulariga asta-sekin erishmoqda va bunga unga omad yor bo‘lsin.

Rabbim HOTAMOV.