"Mingchinor" qo'rg'onidagi "Olimpiya" o'yingohi hududidagi Bolalar va o'smirlar sport maktabi sport zalida yunon-rum kurashi bo'yicha musobaqalar bo'lib o'tdi. Musobaqada 100 nafardan ortiq yosh polvonlar o'zaro bellashdilar. 58 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan 2-umumiy o'rta ta'lim maktabining 7-"G" sinf o'quvchisi, Bolalar va o'smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi Zohid Mahmudov barcha raqiblarini dog'da qoldirib, tuman chempioni degan sharafli nom sohibi bo'ldi.
- Otam Shokir aka ham yoshligida kurashchi polvon bo'lgan ekan, - deydi Zohid polvon Mahmudov. - Onam Marhabo opasportning qo'l to'pi turi bilan shug'ullangan. Men ham ota-onalarim izidan borib, sportga mehr qo'ydim. Maktab terma jamoasida futbol o'ynayman. Kurash bo'yicha Olimpiya va jahon chempionlariga havas qilib, Tayloq tumanidagi sport internatiga bordim. Bu yerda omadim yurishmadi. Xomush bo'lib turganimda komissiya a'zolaridan biri:
- Sen qayerliksan? - deb so'radi.
- Bulung'urdanman,- dedim.
- Bulung'urdan bo'lsang shu tumandagi sport maktabiga bor, - dedi.
Mana bir yilddan buyon tuman sport maktabida tajribali murabbiy Rabbim Tashanov rahbarligida sportning yunon-rum kurashi sirlarini qunt bilan o'rganmoqdaman. Bugungi kungacha viloyatimizning Tayloq, Ishtixon, tumanlari, Samarqand hamda Farg'onada shahrida bo'lib o'tgan O'zbekiston birinchiligi musobaqalarida ishtirok etib, faxrli ikkinchi o'rinlarni egalladim. Ayni paytda sevimli ustozim Rabbim Tashanov rahbarligida viloyat terma jamoasi a'zosi sifatida O'zbekiston birinchiligi musobaqalariga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqdaman.
- Yosh polvon Zohidni Tayloq sport internat maktabida ko'rdim, - deydi murabbiy Rabbim Tashanov. - Yelkalari kelishgan polvon sifat Zohiddan albatta, katta chempion chiqishini tasavvur qilib shogirlikka oldim. Mehnatdan qochmaydigan, murabbiy ko'rsatmalarini mehr bilan bajarayotgan Zohid polvon tez orada mutaxassislar e'tiboriga tushdi. Kelgusida Olimpiya va jahon chempionlari bo'lish shashti bor bu polvonimizda.
- Yosh Zohid polvon maktabda a'lo baholar bilan o'qish qatorida sportga ham mehr qo'ygan, - deydi sinf rahbari Alisher Payzullayev. - Bu o'quvchimizdan umidimiz katta.
- Sportga qiziqishimda jismoniy tarbiya o'qituvchimiz Nilufar Rahmonqulovaning alohida o'rni bor. Meni sportga qiziqtirgan ustoz murabbiylarimdan minnatdorman. Kelgusida ularning ishonchini albatta oqlayman, - degan niyatdaman.

Rabbim HOTAMOV.