Tumanimizdagi "FUTURE SCHOOL BULUNG'UR" nodavlat ta'lim muassasasi direktori Abduhoshim Umarov xonasiga iymanibgina bir ayol bolasini yetaklab keldi. Ruxsat so'ragach, kelishi sababini aytdi.
- O'g'lim tuman markazidagi 22-umumta'lim maktabining 3-sinfida o'qiydi. To'g'risini aytsam o'g'limning o'qishi yaxshimas. Haligacha o'qish va yozishni bilmaydi. Hatto sinfdoshlari ham ustidan kulishar ekan. Shu sabablimi maktabga borgisi ham kelmaydi. Balki bunda mening ham aybim bordir. Dadasi 2020-yilda vafot etgach birdan tushkunlikka tushdim. Uy va boshqa tashvishlar bilan maktabdagi o'qishidan vaqtida xabar ololmadim. Endi o'ylab qarasam farzandlarimni o'qitmasam dadasi ham xafa bo'ladi. Rahmatli turmush o'rtog'im ham oliy o'quv yurtida o'qimaganlar. Tiriklik chog'ida men o'qimadim, endi bolalarimni o'qitaman deb niyat qilib yurardilar. Tumanda yangi nodavlat maktabi ochilganini eshitib o'g'limni shu yerga olib keldim. Hamma umidimiz sizdan.
Abduhoshim Umarov bolani oldiga chaqirib, dildan suh-batlashdi. Shu vaqtga qadar maktabda olgan bilimlarini so'radi. Matematikadan, ona tili va o'qish fanidan sinab ko'rdi. Haqiqatdan ham Oybekjon barcha fanlardan ancha no'noq edi. Lekin... bolada nimadir bor ekanligini sezdi. Onasiga farzandlarining kelajagi uchun jon kuydirayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi va albatta, o'g'lini eng a'lochi o'quvchiga aylantirishga harakat qilishini, buning uchun bor bilim va mehnatlarini ayamasligini aytdi.
A.Umarov maktab o'qituvchilari bilan maslahatlashib, Oybekjonni o'qitishni yana 1-sinf darsliklaridan boshladi. Shaxsan o'zi Oybekjonning o'qishini nazoratga oldi. Ta'limning eng so'nggi metodikalari qo'llanildi. Oybekjon tez orada 1-2-sinf darsliklarini yaxshi o'zlashtirdi. Endi ravon o'qiydigan, chiroyli yozadigan, matematikadagi misollarni oson yechadigan bo'ldi. Bir yil ichida 1-2-3-sinflarni muvaffaqiyatli tugalladi. O'tgan o'quv yilida 4-sinf darsliklarini ham eng a'lochilar safida yakunladi. Abduhoshim Umarov Oybekjonning onasi Mehriniso Ochilovani chaqirib, o'g'lining bilimini birgalikda sinab ko'rdi.
Avvaliga o'g'lining o'qishi hali ham o'zgarmagan bo'lsa shunga chaqirdimikin deb o'ylab kelgan Mehriniso o'g'lining bilimini, hamma fanlardan hech qiynalmasdan javob berganini ko'rib ko'zlari yoshlandi. O'g'lilarini o'qitaman deb yelib-yugurganlari, kecha-yu kunduz qilgan mehnatlariga rozi bo'lib, shukronalik keltirdi. Maktab ma'muriyatiga minnatdorlik bildirdi. Maktab direktori A.Umarov Mehriniso opaga o'g'lining hujjatlarini Prezident maktabiga topshirib ko'rishini maslahat berdi.
Maktab direktorining maslahatini so'zsiz qabul qilgan ona o'g'li Oybekjonning hujjatlarini ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Samarqand tuman ixtisoslashtirilgan Prezident maktabiga topshirdi. Yaqinda ushbu maktabdan xushxabar keldi. Bulung'ur tumanidagi "FUTURE SCHOOL BULUNG'UR" nodavlat ta'lim muassasasi o'quvchisi Mamasoliyev Oybek Iskandar o'g'li barcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirib, Prezident maktabining 5-sinfiga qabul qilindi.
Paytdan foydalanib, ushbu nodavlat ta'lim muassasasi asoschisi va homiysi Abdualim Rahimovni, maktab direktori A.Umarovni, barcha murabbiylarni va albatta, jasoratli ona Mehriniso Ochilovani mashaqqatli mehnat samarasi bilan samimiy tabriklaymiz.

G'ulom O'ROLOV.