Notarial sohada ish faoliyatimni boshlaganimga to'qqiz yildan oshibdi. Ish faoliyatimni Samarqand shahri 7-son davlat notarial idorasi notariusi Alisher Toshboltayevichning kotibligidan boshlaganman. Alisher akadan juda ko'p notarial harakatlar sirlarini o'rgandim. Notarius stajyorlikni Samarqand shahar 15-son davlat notaril idorasi notraiusi Ulug'bek Murtazayevdan o'rganib, 2017-yil fevral oyidan Bulung'ur tuman 2-son davlat notarial idorasi notariusi, 2020-yil may oyidan hozirgi kunga qadar Bulung'ur tumanida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius lavozimida faoliyat ko'rsatib kelmoqdaman.
Notarius sifatida faoliyat yuritayotganimga 7 yil bo'ldi. Bu davrda juda ko'pchilik fuqarolarga turli masalalarda huquqiy yordam ko'rsatishga muvoffaq bo'lganman. Inson tabiatan turli xarakterga ega bo'lgani kabi, notarial idoraga ham turli masalalarda, turli vaziyatlarda murojaat qilishadi.
Mahallamizdagi eng yangi rusumdagi, bahosi 3 xonali kvartiraning bahosiga teng bo'lgan avtomobilni minib yuradigan bir kishi mening idoramga kelib, avtomobilini garovga qo'yayotganligini, garov shartnomasi boshqa joyda rasmiylashtirilishligini aytib, turmush o'rtog'ining mulkni garovga qo'yish yuzasidan rozilik arizasini rasmiylashtirib berishimni iltimos qildi.
Men u kishining aynan nima ish bilan shug'ullanib yurishligini bilmaganligim sababli, kreditni nima maqsadda olayotganligi bilan qiziqqanimda, u menga o'zining "biznesi" bo'yicha sherigi bilan kredit olayotganligini tushuntirdi.
U taqdim qilgan hujjatlarga ko'ra avtomashinani garovga qo'yish uchun rozilik arizasi loyihasi tayyorlandi. Shundan so'ng, "Biznesmen" akamiz menga kelib, "Kelinoyingizning yosh bolalari bor, olib kelganimda ishni tezda hal qilib, javob berasizda, uning uncha uquvi ham yo'q, qo'l qo'yayotgan hujjati nimaligi bilan qiziqsa, "mashina ijarasi bo'yicha" deb aytsangiz bo'ldi" dedi. Bu gaplardan mening jahlim chiqsada, bosiqlik bilan u kishiga, mening fuqarolar bilan qanday muomala qilish yuzasidan ancha yillik tajribam borligini aytib, turmush o'rtog'ini olib kelsalar, u kishi bilan qanday suhbatlashish kerakligini yaxshi bilishligimni bayon qildim.
"Biznesmen" akamiz mening bu gaplarimni uning shartlariga ko'nganligim alomati deb tushundi va turmush o'rtog'ini olib xonamga kirdi.
Men belgilangan tartib-taomilga ko'ra, notarial harakatni amalga oshirayotgan fuqaroga, amalga oshirmoqchi bo'layotgan notarial harakatni, uning huquqiy oqibatini, "Oila kodeksi"ga ko'ra birgalikda olingan mulkni er-xotinning roziligisiz tasarruf qilib bo'lmasligini tushuntirdim.
Shunda u ayol aldov yo'li bilan notarial idoraga kelganligini bilib, "Biznesmen" akamizdan xafa bo'lib, "o'zi bu mashinani dadam men uchun olib bergan edi, Siz bo'lsa kimlar uchun mashinani garovga qo'ymoqchi bo'ldingizmi?" deb so'rab qoldi. "Biznesmen" akamiz ham uyalganidan qizarib ketib, uzr so'raganicha hamma hujjatlarini olib chiqib ketdi.
Notarial harakat, aynan kimlar o'rtasida bo'layotgan bo'lsa ham, taraflarga o'z huquq va majburiyatlarini, amalga oshirayotgan notarial harakat nimalarga olib kelishi mumkinligini tushuntirish notariuslarning vazifasidir. Va bu vazifani sidqidildan bajarish fuqarolarning huquq va manffatlariga putur yetkazilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Elyor ABDURAXMANOV,
Bulung'ur tumanida xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius