Qatag'on qurbonlari. Bu so'zni eshitgan har bir inson borki yuragi junbushga keladi. Ko'z o'ngida beayb tuhmat balosiga giriftor bo'lgan elparvar, ma'rifatparvar kishilar beixtiyor ko'z o'ngimizda gavdalanadi. Bugungi kunda esa yurtboshimizning sa'y-harakatlari bilan ularning begunoh ekanliklari o'z isbotini topib, oliy sud orqali ular oqlanmoqda. Ko'p yillar davomida xalq dushmanining farzandi degan tamg'a ostida yashab kelgan farzandlarining bugun quvonchi cheksiz. Ular ana shunday insonlarning farzandlari ekanligidan behad mag'rurlanmoqda.
Bulung'ur tumani "Nuroniy" jamg'armasi, "Isori O'roqli" mahallasi oqsoqollari hamda 57-umumta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari Isori o'roqli qishlog'ida yashagan Mustafoqul Tilavovning xonadoniga tashrif buyurib otaxonning hayoti va ijodi, qatag'on qurboniga uchrashuning asosiy sabablaridan boxabar bo'ldilar. Bugun bunday insonlarni farzadlari, nabiralaridan 61 yoshli Saidahmad Mustayev, 65 yoshli Shodmon Safarov, 56 yoshli Gulchehra Yaxshiboyevalar faxrlanib yodga olar ekan ko'zlaridagi sevinch ko'zyoshlarni guvohiga aylandik.



Ochil AHMEDOV,
Bulung'ur tuman “Nuroniy”lar Kengashi raisi
Bulung'ur tuman “Nuroniy”lar Kengashi raisi