Sog‘liq dunyodagi eng bebaho ne’mat ekanligi boshingga ish tushganda bilinarkan. Bobolarimiz bekorga birinchi navbatda sog‘liq tilab duo qilishmas ekan. Falokat oyoq ostida, deyishadi. Yaqinda taqdir taqozosi bilan tumanimizdagi Markaziy shifoxonaning jarrohlik bo‘limida oyoq sinishi natijasida yotib davolandim. Jarrohlik yo‘li bilan operatsiya qilishdi.
Kasalxonada yotib, jurnalist bo‘lganim bilan hali ko‘p narsani haqqoniy yorita ololmaganimizni tushundim. To‘g‘risini aytsam, hali ko‘pchiligimiz shifokorga to‘g‘ri baho bermaymiz. “Vazifasi shu-da, oyligini olgandan keyin qiladi-da”, deymiz. Kasalxonada o‘tgan davr mobaynida shuni bildimki, shifokorning mehnati, zahmati har qanday maqtovdan ulug‘roq turar ekan. Eng og‘ir paytlarda hech bir qarindoshingiz yordam berolmaydigan paytlarda shifokorlarning madadi va ko‘magi, shirin so‘zi sizga malham bo‘larkan. Ularning ishini kuzatib tushundim-ki, bular na kechani, na kunduzni biladi. Sanitariya xodimlari har soatda xonani tozalaydi, shamollatadi. Hatto jarrohlik amaliyotidan so‘ng har bir bemorni yaqin qarindoshlari ham bajarolmaydigan “u yoq- bu yoqqa” olib borish, ko‘tarib yurish kabi ishlarni bajarishadi.
Ushbu tumanlararo qo‘shma shikastlanish va o‘tkir qon tomirlar kasalliklari shifoxonasiga ko‘p yillar xorijda ishlab, yuqori tajriba orttirgan, qo‘li yengil shifokor Alisher Jo‘raev rahbarlik qiladi. Bo‘limda ayni paytdan 100 nafardan ortiq ayol shifokorlar, 50 nafardan ortiq sanitar xodimlar bemorlar salomatligi yo‘lida astoydil mehnat qilishmoqda. Men mamnuniyat bilan oliy toifali shifokorlar Alisher Jo‘raev, Ortiqboy Jamatov, Sherzod Atamuradov, Umid Ummatovlar, qo‘li yengil hamshiralar Marhabo Allayorova, Lola Astonova, Gulruh Qodirova, Munira Ernazarova, Zebo Tashanova, Nazira Burxonova, Iroda Qosimova, Aziza Umarovalar, doimo xonalar ozodaligi uchun xizmat qilayotgan sanitariya xodimlari Muqaddas Sidiqova, Gulsum Berdieva, Dilorom Qayumova, Guli Idrisovalarga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

G‘ulom O‘ROLOV,
xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.