Yurgan daryo, o'tirgan bo'yra, deb bejiz aytilmagan. Rayimjon aka Turg'unov ham ko'p qatori dunyo kezgan, ko'pni ko'rgan insonlardan biri. Jizzax viloyatining G'allaorol tumanida tug'ilib voyaga yetgan Rayimjon aka ko'p yillar davomida davlat tashkilotlarida mas'uliyatli lavozimlarda ishlab, nafaqaga chiqdi.,
O'tgan yillar davomida sadoqatli turmush o'rtog'i, oqila uy bekasi Dilbar opa bilan besh nafar farzand - to'rt o'g'il va bir qizni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazishdi. Ayni paytda o'g'illari Farhod, Furqat, Qahramon, Azizbek, qizi Nigoraxonlar mustaqil yurtimizning ravnaqi yo'lida ota-onalari singari samarali mehnat qilishmoqda...
- O'zim bolalar uyida tarbiyalandim, - deydi 83 yoshini qarshi olayotgan Rayimjon bobo. - Davlat, xalq meni boqib, voyaga yetkazishdi. Bugungi kunda farzandlarimizning hammasi o'qimishli, oilali, tinch-totuv yashashmoqda. Shu sababli turmush o'rtog'im Dilbarxon bilan dunyo bo'ylab sayohatga chiqdik. Ham sayohat - ham daromad, deganlariday dunyoning rivojlangan davlatlari - Meksika, Kanada va Amerika Qo'shma Shtatlarida bo'lib, bu yerda har bir inson uchun yaratilgan shart-sharoitlarga havas qildim. O'n yil davomida nomi ko'rsatilgan mamlakatlarda ishlab topgan pullarimiz evaziga o'zimizning jannatmonand yurtimiz O'zbekistonda havas qilinadigan ishlarga sarflashni niyat qilgan edim...

Shu kunlarda Bulung'ur tumanidan chiqishda yoki aksincha tumanga kirishdagi bu shaharmonand manzarani ko'rgan kishining ko'zi quvonadi. Elim deb, yurtim deb jon kuydirib mehnat qilayotgan Rayimjon bobo Turg'unovga o'xshagan insonlarga tasannolar bo'lsin.
Rabbim HOTAMOV,
O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi a'zosi.