Yoshi 60-70 ni qoralab borayotgan kishilar o'zaro suhbat davomida faxriy o'qituvchi, Ulug' Vatan urushi ishtirokchisi Nurullo bobo Ubaydullayevni hamon shirin xotiralar bilan esga olishadi... 1938-yilda bilaklari kuchga to'lgan yosh Nurullo Ubaydullayev harbiy xizmatga chaqiriladi. Xizmati davomida Finlandiya urushida ishtirok etib endi uyga "dembl" bo'layotgan vaqtda to'satdan ikkinchi jahon urushi boshlanib qoldi...
Vatanimizga xoinlarcha bostirib kelayotgan fashist gazandalariga qarshi janglarda faol ishtirok etib qishin-yozin qalin o'rmonlarni, botqoqliklarni, daryolarni kechib fashist gazandalarini inigacha quvib borishda mardonavor kurashdi.
Ulug' Vatan urushidan so'nggi tinch va osuda hayotda Nurullo Ubaydullayev tumanimizdagi 46-umumiy o'rta ta'lim maktabida ko'p yillar davomida o'qituvchi ustoz sifatida o'quvchilarga rasm-chizmachilik fanidan saboq berdi. Dastlabki qaldirg'och o'quvchilari bugungi kunda yoshlarning sevimli maslahatchisi, nevara evaralarning suyukli bobosi bo'lib baxtli yashamoqdalar.
- Bizning bugungi kunda tinch-totuv hayot kechirishimizga ko'plar qatori o'zining munosib hissasini qo'shgan ustozimiz Nurullo bobo Ubaydullayevni har doim chuqur minnatdorchilik bilan esga olamiz, - deydi 75 yoshli Inoyat bobo Rahimov...
9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan "Bulung'ur" mahal-lasidagi Sayilgoh ko'chasi, 3-uyda Nurullo bobo Ubaydullayev yashab o'tgan xonadonida o'g'il-qizlari, kelinlari, kuyovlari, nevara-chevara, evaralari jamuljam bo'lishib Nurullo bobo xotirasini esga oldilar. O'g'li texnika fanlari nomzodi, Musaxon Ubaydullayev, meditsina fanlari nomzodi Zebiniso Ubaydullayeva, shifokor Gulchehra Ubaydullayeva, oliy toifali fizika fani o'qituvchisi Mehriniso Ubaydullayeva, tadbirkor Yunusxon Ubaydullayev, matematika fanlari doktori Yusufxon Ubaydullayevlar otalari Nurullo boboni chuqur hurmat bilan esga olishib, otalarining Vatan uchun bo'lgan jang-lardagi jasorati va sharafli ishlari haqida o'g'il - qizlariga, nevaralariga maroq va g'urur bilan gapirib berdilar.

Rabbim HOTAMOV.