Toshpo‘lat aka Boirov uzoq yillar davomida haydovchilk kasbini ulug‘lab, aholining uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilib keldi. 40 yillik samarali mehnatidan so‘ng pensiyaga chiqsa-da, uyida jimgina o‘tiraolmadi.
- Mehnatga o‘rgangan odam ishsiz turolmas ekan, - deydi Toshpo‘lat aka Boirov. - Ish yuzasidan juda ko‘p joylarga bordim. O‘tgan davr mobaynida shu narsa aniq bo‘ldiki, nafaqadagilarning hammasi qandaydir bir foydali ish bilan bandligiga havas qildim. Shu sababli hovlimizda oila a’zolarimizni ish bilan ta’minlash va “pensionerlik bekorchilik emas” deganlariday, qo‘y boqishga kirishib ketdik. Dastlabki olgan 5 bosh qo‘yimiz bugungi kunda 25 boshga yetdi. Qo‘ylarni turmush o‘rtog‘im Mahfuza, o‘g‘lim Dilshodjon, kelinim Dildora va nevaralarim bilan birga boqayapmiz. Bugungi kunda quvonchimiz cheksiz. Nega deysizmi? Shu yaqin kunlar ichida oilamiz a’zolari bilan boqayotgan qo‘ylarimizning hammasi qo‘ziladi. Shunday qilib, qo‘ylarimizning soni 50 bosh bo‘ldi. Shu ishimiz tufayli ro‘zg‘orimiz obod, dasturxonimiz to‘kin-sochin.
Ishbilarmon Toshpo‘lat aka Boirov kambag‘alchilikning oldini olish maqsadida har 15 kunda qo‘y so‘yib, bozorga go‘sht chiqaradi, qo‘ni-qo‘shnilarga tarqatadi.
– Toshpo‘lat akaning otasiga rahmat,- deydi “Yangiqo‘rg‘on” MFY fuqarosi, 70 yoshli Mamasharif bobo. - Uning tashabbusi bilan mahallamiz xonadonlari qo‘y go‘shti bilan ta’minlanib kelayapti.

Rabbim HOTAMOV.